Isroil O’zbekiston va Hindistondan 65 ming mehnat muhojirlarini jalb qilmoqchi

Ular butun mamlakat bo'ylab qurilish loyihalariga jalb qilinishi rejalashtirilgan

Isroil O’zbekiston va Hindistondan 65 ming mehnat muhojirlarini jalb qilmoqchi

Isroil hukumati Hindiston, Shri-Lanka va O’zbekistondan 65 ming chet ellik ishchilarni jalb qilganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Mamlakat hukumati ishchi kuchi tanqisligini bartaraf etish uchun uzoq mintaqalardan kelgan muhojirlardan foydalanishni rejalashtirmoqda. Hozirgi vaqtda qurilish maydonchalarida atigi 20 ming chet ellik ishlaydi, bu esa qurilish loyihalarining yarmini to’xtatishga olib keldi.

Isroil uy-joy qurilishi vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, chet ellik ishchilarning birinchi guruhlari kelgusi haftalarda kelishi kutilmoqda.

Ilgari 72 mingga yaqin falastinliklar Isroilning qurilish obyektlarida ishlagan, ammo G’azo sektoridagi mojarolardan so’ng oktyabr oyida Isroil xavfsizlik xizmatlari tomonidan ishlashga ruxsatnomalar to’xtatilgan.

Ilgari Kapital.uz O’zbekiston va Isroil aviatashuvga qo’yilgan cheklovlarni bekor qilganini yozgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda chegirmalar e’lon qilishdan oldin narxlarni sun’iy ravishda oshirish taqiqlandi
/
O‘zbekistonda chegirmalar e’lon qilishdan oldin narxlarni sun’iy ravishda oshirish taqiqlandi
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi keskin tushdi
/
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi keskin tushdi
O‘zbekistonda birinchi AES qurilishida Italiya kompaniyasi ishtirok etadi
/
O‘zbekistonda birinchi AES qurilishida Italiya kompaniyasi ishtirok etadi