2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda ismni mashinaga davlat raqami qilib yozishga ruxsat beriladi

Avtomobil egalari elektron auksionlar orqali 6 tagacha belgidan iborat o‘ziga xos kombinatsiyalarni buyurtma qilishi mumkin bo‘ladi

2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda ismni mashinaga davlat raqami qilib yozishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda avtomobil davlat raqamlariga ism yoki boshqa o‘ziga xos kombinatsiya yozish imkoniyatini joriy etuvchi qaror tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2026 yil 1 yanvardan “Uzavtomotobelgi” ochiq elektron auksionlar orqali oltita belgigacha (harf va/yoki raqamlar) bo‘lgan raqamlarni berish huquqiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, o‘ziga xos raqamlar mavjud raqamlar bilan bir xil bo‘lmasligi va qonun hamda ma’naviyat normalariga zid ma’nolarni o‘z ichiga olmasligi lozim.

Shu tariqa, shahar ko‘chalarida ism, kompaniyalar, shaharlar va boshqa o‘ziga xos nomlar yozilgan raqamlar aks etgan avtomobillarni uchratish mumkin bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sherzodxon Qudratxo‘ja Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimini tark etdi
/
Sherzodxon Qudratxo‘ja Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimini tark etdi
“O‘zbekneftgaz”da investitsiyalar samaradorligini nazorat qiluvchi qo‘mita tuzildi
/
“O‘zbekneftgaz”da investitsiyalar samaradorligini nazorat qiluvchi qo‘mita tuzildi
Farmatsevtika va dorivor o‘simliklar loyihalariga soliq imtiyozlari beriladi
/
Farmatsevtika va dorivor o‘simliklar loyihalariga soliq imtiyozlari beriladi