O’zbekistonda ism va familiyani o’zgartirish tartibi

Bu jarayon bir nechta bosqichdan iborat

O’zbekistonda ism va familiyani o’zgartirish tartibi

O’zbekistonda familiya va ismni o’zgartirish (F.I.) qonunlar bilan tartibga solinadigan va muayyan qadamlarga rioya qilishni talab qiladigan juda rasmiy jarayon. Voyaga yetganligingizga yoki yetmaganligingizga qarab, jarayon biroz farq qilishi mumkin.

Otasini ismini o’zgartirish

Otasini ismini o’zgartirish jarayoni ancha murakkab bo’lib, bu jarayonni faqatgina ayrim hollarda amalga oshirish mumkin, qachonki farzand asrab olinganda ota farzandiga o’z ismini bolaga berishni istaganda, qachonki shaxsning guvohnomasida otasining ismi bo’lmagan taqdirda va u bu boshliqni to’ldirish maqsadida otasini ismi bo’lishini xohlasa.

Otasining ismini to’liq emas, faqat amaldagi otasining ismini (-o’g’li, -qizi, -ovich/ovna, -yev/yevna) qo’shimchani o’zgartirish uchun faqat onangiz va otangizning nikoh guvohnomasigina kerak bo’ladi qo’shimcha hujjatlar talab qilinmaydi.

Familiya yoki ismni o’zgartirish uchun asoslar

O’zbekistonda har qanday fuqaro shaxsiy ariza asosida familiyasini yoki ismini o’zgartirish huquqiga ega. Uni o’zgartirishning asosiy sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:

  • ajralish yoki nikohdan keyin familiyani o’zgartirish istagi;
  • diniy, madaniy yoki shaxsiy sabablarga ko’ra ism yoki familiyani o’zgartirish;
  • familiya yoki ismni yozishda xatolarni bartaraf etish;
  • hujjatlardagi amaldagi nomga mos keladigan ismni o’zgartirish istagi.

Familiya yoki ismni o’zgartirish tartibi

O’zbekistonda F. I. O. ni o’zgartirish jarayoni bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi:

— FHDYO organlariga ariza berish (jarayon yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga (FHDYO) ariza berish bilan boshlanadi);

— sizning hozirgi F. I. O.;

— siz tanlamoqchi bo’lgan yangi F. I. O.;

— o’zgartirish sabablari.

Qanday hujjatlar kerak

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

  • pasport;
  • tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma;
  • nikoh to’g’risidagi guvohnoma (agar ajralish yoki nikohdan keyin familiya o’zgarsa);
  • bolalarning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasi (agar farzandlaringiz bo’lsa);
  • davlat boji to’langani to’g’risidagi kvitansiya.

Davlat boji narxi

F. I. O. ning o’zgarish uchun davlat bojini to’lash talab qilinadi, uning miqdori voyaga yetganlar uchun BHM’ning bir baravaridan ikki baravargacha ya’ni 340 mingdan 680 ming so’mgachani, voyaga yetmaganlar uchun bu summa sal arzonroq. To’lov banklar yoki to’lov tizimlari orqali amalga oshiriladi, kvitansiya hujjatlarga ilova qilinadi.

Arizani ko’rib chiqish

FHDYO tomonidan sizning arizangizni 1-3 oy ichida ko’rib chiqadi. Ushbu davr davomida arizada ko’rsatilgan sabablarni tasdiqlash uchun tekshiruvlar, shuningdek qarzlar yoki boshqa qonuniy cheklovlar mavjudligi tekshirilishi mumkin.

Arizangiz ma’qullangandan so’ng, FHDYO tomonidan yangilangan ma’lumotlar bilan birga tug’ilganlik to’g’risidagi yangi guvohnoma beradi. Ushbu guvohnoma asosida siz yangi pasport olishingiz kerak, bu ham ichki ishlar organlariga qo’shimcha murojaatlarni o’z ichiga oladi.

Voyaga yetmagan shaxslarning ismini o’zgartirish tartibi

Voyaga yetmagan (18 yoshgacha bo’lgan) shaxslar uchun F. I. ni o’zgartirish jarayoni yanada murakkab, chunki bu jarayonda unga ota-onalar yoki vasiylarning roziligini talab qilinadi:

1. Ikkala ota-onaning roziligi: ariza ota-onalardan biri nomidan ikkinchisining yozma roziligi bilan beriladi.

2. Vasiylik organlari tomonidan ko’rib chiqish: agar ota-onalardan biri e’tiroz bildirsa, masala vasiylik organlari yoki sud orqali hal qilinishi mumkin.

Ariza rad etilishi mumkinmi?

Albatta, rad etilish ehtimoli mavjud. I.F.O. o’zgartirish jarayonida rad etilish holatlari kuzatiladi, ammo bunga asos bo’la oladigan sabab FHDYO tomonidan beriladigan tegishli hujjatda batafsil tushuntirilgan va asoslangan bo’ladi.

Va albatta shuni eslatib o’tishimiz lozimki, sizga F.I.O.ni o’zgartirishga ruxsat berilgandan so’ng siz barcha hujjatlaringizni almashtirishingizga to’g’ri keladi, ya’ni barcha hujjatlarda bir-xil F.I.O bo’lishi uchun.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentning tijorat ko’chmas mulklari: 2024-yilning asosiy o’zgarishlari
/
Toshkentning tijorat ko’chmas mulklari: 2024-yilning asosiy o’zgarishlari
Ta’lim kreditini qanday olish mumkin
/
Ta’lim kreditini qanday olish mumkin
Samarqandliklar uchun xorijga sayohat 44% ga arzonlashdi
/
Samarqandliklar uchun xorijga sayohat 44% ga arzonlashdi