O‘zbekiston ishsizlik reytingida 113-o‘rinni egalladi

Dunyoda o‘rtacha ishsizlik darajasi 5% ni tashkil qilmoqda

O‘zbekiston ishsizlik reytingida 113-o‘rinni egalladi

Ishsizlik reytingida O‘zbekiston dunyoning 187 ta davlatidan 4,5% bilan 113-o‘rinni egalladi. Bu xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) ishsizlik darajasi tahlilidan ma’lum bo’ldi.

Qo’shni davlatlar foizlik ko’rsatgichlari quyidagicha: Qirg‘izistonda ishsizlik darajasi 3,3% (137- o‘rin), Turkmanistonda 4,3% (117-o‘rin), Qozog‘istonda esa 4,8% (104-o‘rin). Tojikistonda Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkich kuzatilgan. U yerda ishsizlik darajasi 11,6% ga (29-o‘rin) yetgan.

Dunyodagi eng yomon ko‘rsatkichlar Esvatini (34,4%), Janubiy Afrika Respublikasi (33,2%), Jibuti (25,9%), Botsvana (23,1%) va Gabonda (20,1%) qayd etilgan. Ishsizlik darajasining eng past ko‘rsatkichlari esa Qatarda (0,1%), Kamboja (0,3%) va Nigerda (0,4%) kuzatilmoqda.

Dunyoda o‘rtacha ishsizlik darajasi 5% ni tashkil qilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank ipoteka, avtokredit va mikroqarzlarning o‘rtacha stavkalarini e’lon qildi
/
Markaziy bank ipoteka, avtokredit va mikroqarzlarning o‘rtacha stavkalarini e’lon qildi
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi subsidiyalarini ajratish tizimi o‘zgartiriladi
/
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi subsidiyalarini ajratish tizimi o‘zgartiriladi
Yana 4 ta davlat kompaniyasining IPO’si 2027–2028-yillarga qoldiriladi
/
Yana 4 ta davlat kompaniyasining IPO’si 2027–2028-yillarga qoldiriladi