O’zbekistonda 41% insonlar kelgusi yilda ish joyini o‘zgartirish istagida

Bunda ish haqining pastligi asosiy sabab sifatida ko‘rsatilgan

O’zbekistonda 41% insonlar kelgusi yilda ish joyini o‘zgartirish istagida

O’zbekistonda 2025-yilda fuqarolarning 41%i ish joyini o’zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu “HeadHunter” platformasining tahlillaridan ma’lum bo‘ldi.

Tahlilga ko’ra, transport va logistika( 62%), tibbiyot va farmatsevtika (60%) va ta’lim (58%) sohalarida ishlayotgan kishilar kasbini o’zgartirishga niyatida.

75% holatda kishilarning ish joyini o‘zgartirishiga ish haqining pastligi sabab sifatida ko’rsatilgan. Shuningdek, lavozimini ko‘tarish imkoniyatlari yo‘qligi — 43% va murakkab ish sharoitlari — 37% ni tashkil qilgan. 

Respondentlarning 15%i yaxshi sharoit izlab xorijga ko‘chib ketishni rejalashtirmoqda. Har besh fuqarodan biri IT sohasi bo‘yicha malaka oshirishni xohlaydi. Bu IT-mutaxassislariga bo‘lgan ichki talabning o‘sishi bilan bog‘liq.

18–24 yoshdagi respondentlarning 72% yangi imkoniyatlar izlamoqda. Bu ularning tajriba yetishmasligi sabab professional o‘sishda cheklovlarga duch kelishi bilan bog‘liq.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
/
Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
/
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi
/
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi