Jahon banki O‘zbekistonga irrigatsiya tizimi modernizatsiyasi uchun $200 mln kredit ajratadi

Mamlakat hukumati esa loyihaga qo‘shimcha $23,2 mln miqdorida mablag‘lar yo‘naltiradi

Jahon banki O‘zbekistonga irrigatsiya tizimi modernizatsiyasi uchun $200 mln kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga irrigatsiya va drenaj infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun $200 mln miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

Loyiha mamlakatning beshta hududida suv yo‘qotishlarini qisqartirish va sug‘orish tizimlarining energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan. O‘zbekiston hukumati loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun qo‘shimcha $23,2 mln ajratadi.

O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi loyihani Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshirish uchun mas’ul bo‘ladi.

Rejalashtirilgan loyiha tadbirlari orasida:

  • Amudaryo va Sirdaryo bilan bog‘langan va yuqorida qayd etilgan hududlardan o‘tgan sakkizta yirik magistral kanalning 259 kilometrini betonlash. Buning uchun suvni tejaydigan zamonaviy materiallar, jumladan, geomembranalardan foydalaniladi.
  • O‘zi oqar suv yetkazib berishni ta’minlash va iloji boricha nasoslardan foydalanish zaruratini kamaytirish uchun kanal o‘zanlarini qayta profillash va ularning sathini ko‘tarish.
  • Ko‘rsatilgan kanallar bo‘ylab suv taqsimotini nazorat qilish darajasini oshirish uchun 470 ga yaqin gidrotexnik inshootlar qurish.
  • Suv sarfini o‘lchagich o‘rnatilgan boshqariladigan suv chiqargichlarni o‘rnatish, shuningdek, suv ta’minoti jarayonlarini boshqarish uchun dispetcherlik boshqaruvi va ma’lumotlarni yig‘ish tizimini (SCADA) joriy etish belgilangan.

Loyiha 232 ming gektar maydonda irrigatsiya xizmati sifatini va qishloq xo‘jaligi unumdorligini oshirish imkonini beradi.

Shuningdek, 180 ming nafar suv foydalanuvchilari, shu jumladan 80 ming nafar ayollarning sug‘orish xizmatlaridan yanada ishonchli foydalanishini ta’minlash.

Yillik suv yo‘qotishlarini taxminan 540 mln kub metrga qisqartirish, bu esa suvdan yanada oqilona foydalanishga yordam beradi.

Yiliga 165 mln kVt·soatdan ortiq elektr energiyasini tejash, bu esa irrigatsiya sohasida energiya samaradorligini oshiradi va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytiradi.

Avvalroq Jahon banki geofazoviy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini yaxshilash va davlat xizmatlarini raqamlashtirishga qaratilgan loyiha doirasida $35 mln imtiyozli kredit ajratishni ma’qullagandi.

Bundan tashqari,  O‘zbekiston tomonidan energiya ta’minoti uchun $100 mln miqdorida kredit olingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlarda quruq sovitish texnologiyalarini joriy etadi
/
Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlarda quruq sovitish texnologiyalarini joriy etadi
Toshkentda uy-joy daromadi yillik 6,2% ga tushdi
/
Toshkentda uy-joy daromadi yillik 6,2% ga tushdi
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi
/
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi