Yarim yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,2% ga o‘sdi

Inflyatsiya darajasi 1% ga tushgan bo‘lsa, tashqi savdo aylanmasi hajmi 16,1% ga oshdi

Yarim yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,2% ga o‘sdi

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilning birinchi yarmida 7,2% ga o‘sdi. Solishtirish uchun, 2024-yilning shu davrida YaIM o‘sishi 6,6% bo‘lgan.

Ushbu davrda inflyatsiya darajasi 4,2% ni tashkil etdi (2024-yilning I-yarim yilligida — 5,2%), aholining real daromadi esa 9,5% ga oshdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 11,9% ni tashkil qilgan edi.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 16,1% ga o‘sdi (2024-yil — 8,7%). Eksport hajmi 29,1% ga oshgan bo‘lsa, import 7% ga qisqargan (o‘tgan yili import hajmi 10,5% ga oshgan edi).

Shuningdek, faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 463 mingtani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning I-yarim yilligida 455,6 mingta edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston ikkilamchi sanksiyalar xavfini hisobga oladi — Timur Ishmetov
/
O‘zbekiston ikkilamchi sanksiyalar xavfini hisobga oladi — Timur Ishmetov
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi
/
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi 10 mlrd yevrodan ortiq qiymatga ega yangi loyihalarni amalga oshiradi
/
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi 10 mlrd yevrodan ortiq qiymatga ega yangi loyihalarni amalga oshiradi