O‘zbekiston ipoteka portfelini $56 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda
2040-yilga borib yillik qurilish hajmini 421 minggacha oshiriladi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni “Uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, 2040-yilgacha quyidagilar rejalashtirilgan:
- har yili quriladigan uy-joylar sonini 2 baravarga oshirib, 421 mingta obyektga yetkazish;
- ipoteka portfelini 10 baravardan ziyod — $56,7 mlrdgacha ko‘paytirish;
- uy-joy fondidagi zamonaviy uy-joylar ulushini 50% ga yetkazish;
- “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishini kengaytirish va aholining yashash sharoitlarini yaxshilash.
Qarorda uy-joy sektorini bank tomonidan moliyalashtirish va institutsional investorlarning mablag‘lari, shu jumladan ipoteka kreditidan foydalanish orqali, shuningdek, urbanizatsiyani qo‘llab-quvvatlash va ulushli qurilish ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilish nazarda tutilgan.
Shuningdek, “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili asosida uy-joy qurilishi sohasini isloh qilish va uni amalga oshirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks qurilishning yangi modeli joriy etilmoqda:
- qurilishga birinchi navbatda qurilishi tugallanmagan uy-joylar va sanoat zonalarini jalb etish;
- muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani oldindan yaratish;
- ekologik materiallar va energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish.
Kompleks qurilish prinsipi quyidagilarni nazarda tutadi:
- kompleks qurilish dasturlarini faqat ochiq va batafsil ishlab chiqilgan rejalar asosida tayyorlash;
- kompleks qurish uchun ajratilgan yer uchastkalari xususiylashtirish dasturlariga kiritilishi, boshqa loyihalar uchun foydalanilishi yoki belgilangan maqsadini o‘zgartirishi mumkin emas;
- har bir loyiha bo‘yicha foydalanilayotgan yer uchastkalari, ko‘chmas mulk obyektlari va ularning huquq egalari to‘g‘risida to‘liq ochiq axborot ta’minlanadi;
- loyihalarni amalga oshirish mintaqaning kelajakdagi ijtimoiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda kompleks yondashuvni qo‘llagan holda olib boriladi;
- ko‘chmas mulk obyekti mulkdoriga uning obyekti joylashgan yer uchastkasiga egalik qilishning mutlaq huquqi (ijara yoki mulk huquqi) kafolatlanadi.
Qurilish sohasidagi barcha yangi me’yoriy hujjatlar 2040-yilgacha tasdiqlangan Uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari asosida ishlab chiqiladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ