Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish muddati ma’lum qilindi

Subsidiya uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha kamida 30 ball to‘plashi kerak

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish muddati ma’lum qilindi

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalar qabul qilish joriy yilning 16-mart kuni soat 14:00 da boshlanadi, deya ma’lum qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olishda ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga ko‘ra 30 va undan yuqori ball to‘plashi hamda kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi talab etiladi.

Bunda ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi, shuningdek, o‘rtacha oylik daromadi miqdori belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi lozim.

Subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga borib, shuningdek, myGov mobil ilovasi yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirish mumkin.

Ariza beruvchi tomonidan ariza topshirish (baholash) davrida OneID tizimida shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish paneli orqali ishtirok etuvchi tijorat banklariga kredit tarixini baholash maqsadida tegishli ma’lumotlardan foydalanish uchun ruxsat berilgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, kredit tarixini olishga cheklov vaqtincha o‘rnatilmagan bo‘lishi kerak. Aks holda, ariza beruvchining kredit tarixini o‘rganish imkoniyati cheklanib, uning arizasi rad etilishiga sabab bo‘ladi.

Harbiy tuzilmalar xodimlari bevosita davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda ariza topshirishi mumkin.

Ariza beruvchining kredit tarixi tijorat banklarining ichki qoidalariga muvofiqligini baholash orqali subsidiyali ipoteka kreditlarini ajratish dasturida ishtirok etuvchi tijorat banklari quyidagilar:

  • “Agrobank” ATB;
  • “Aloqabank” ATB;
  • “Asakabank” AJ;
  • “Asia Alliance Bank” ATB;
  • “Biznesni rivojlantirish banki” ATB;
  • “Hamkorbank” ATB;
  • “Ipak yo‘li” AITB;
  • “Ipotekabank” OTP Group;
  • “Mikrokreditbank” ATB;
  • “Orient Finans” XATB;
  • “Trastbank” XAB;
  • “Turonbank” ATB;
  • “Xalq banki” ATB;
  • “O‘zmilliybank” AJ;
  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATB.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2025-yilda faktoring xizmatlari hajmi 9,5 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda 2025-yilda faktoring xizmatlari hajmi 9,5 trln so‘mga yetdi
AQSh Green Card arizalari qoidalarini o‘zgartiradi
/
AQSh Green Card arizalari qoidalarini o‘zgartiradi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi