Iordaniya o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim joriy etmoqda

Bu haqda mamlakat vakillari kelishuvga erishdi

Iordaniya o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim joriy etmoqda

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Bosh vazir oʻrinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari boʻyicha vaziri Ayman Safadi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Tashqi ishlari vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi. 

Hukumat vakillari hamkorlik bo‘yicha ikkita hujjat imzoladi. Ulardan biri diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim joriy etilishini nazarda tutadi. 

Ikkinchi esa Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2025-2027-yillarga moʻljallangan qoʻshma hamkorlik dasturi hisoblanadi. 

“Shubhasiz, oldimizda birgalikda amalga oshirish uchun ulkan salohiyat mavjud. Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turizm oqimini oshirish, birodar shaharlar va xalqlar oʻrtasidagi rishtalarni rivojlantirish va turli sohalarda hamkorlikni jadallashtirish mavzulari bugungi kun tartibimizdan oʻrin oldi”, — deb yozadi vazir. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 9 oyda ipoteka kreditlari hajmi 20,9 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda 9 oyda ipoteka kreditlari hajmi 20,9 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda texnogen ofatlar oqibatida yetkazilgan zarar uchun 220 mln so‘mgacha kompensatsiya to‘lanadi
/
O‘zbekistonda texnogen ofatlar oqibatida yetkazilgan zarar uchun 220 mln so‘mgacha kompensatsiya to‘lanadi
O‘zbekiston sentabr oyida oltin xarid qilgan eng yirik uchta mamlakat qatoridan joy oldi
/
O‘zbekiston sentabr oyida oltin xarid qilgan eng yirik uchta mamlakat qatoridan joy oldi