Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak
Investitsiya qilish qiyin emas: oddiy odam qanday qilib kapital yaratishi, moliyani tushunishi va investitsiya qilishning dastlabki qadamlarini qo‘yishi mumkin

Investitsiya — bu foyda olish maqsadida mablag‘larni turli sohalarga yoki loyihalarga yo‘naltirishdir. Boshqacha qilib aytganda, investitsiya — bu pulning siz uchun ishlashi va yanada ko‘proq pul topish jarayonidir. Investor esa daromad olish uchun mablag‘larni investitsiya qiluvchi shaxs (yoki tashkilot). Har bir inson, daromad darajasi yoki maxsus iqtisodiy ma’lumotidan qat’i nazar, xususiy investor bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, investitsiya oddiy insonga nima beradi?
Moliyaviy xavfsizlik yostig‘ini yaratish – bu kutilmagan hayotiy vaziyatlar (kasallik, ishdan bo‘shash, ta’mirlash ishlari, boshqa shaharga shoshilinch ko‘chish va hokazo) yuzaga kelganda foydalaniladigan pul zaxirasi hisoblanadi. Bunday vaziyatlar to‘satdan yuzaga kelib, moliyaviy barqarorligingizga putur yetkazishi mumkin. Bu zaxira miqdori har bir kishining ehtiyojlari va xarajatlari turlicha bo‘lgani sababli individualdir, ammo o‘rtacha hisobda, muntazam daromad manbai yo‘qolgan taqdirda, bunday zaxira 6-9 oyga yetishi kerak.
Moliyaviy ta’minotni oshirish. Ma’lumki, qancha pul bo‘lmasin, har doim ozgina ko‘proq kerak bo‘ladi, chunki daromad oshgani sayin ehtiyojlar ham odatda o‘sib boradi. Har bir inson munosib va farovon hayotga intiladi. Investitsiyalar qimmatli ko‘nikmalarni, ya’ni, har qanday daromadni to‘g‘ri boshqarish va kapitalni ko‘paytirishning qo‘shimcha manbalarini yaratishga yordam beradi
Bundan tashqari, investitsiyalar katta maqsadlarga erishishga yordam beradi – uy-joy, bolalar ta’limi, sayohatlar uchun pul yig‘ish yoki o‘z biznesini boshlash. Bu kelajakni rejalashtirishning bir usuli, shunchaki omadga umid qilish emas. Shuningdek, muntazam investitsiyalar intizomni shakllantirishi muhim: inson daromadining bir qismini tejashni va uni foydali hamda daromadli maqsadlarga yo‘naltirishni o‘rganadi.
Yana bir afzallik – bu mustaqillik. Agar qo‘shimcha daromad manbalari mavjud bo‘lsa, bitta ishga yoki boshqa odamlarga qaramlik kamayadi. Investitsiyalar shaxsiy erkinlik, ishonch va ertangi kunga xotirjamlik uchun asos bo‘lishi mumkin.
Ilgari investitsiya murakkab va faqat professionallar uchun qulay tuyulardi. Bugun esa hammasi boshqacha. Zamonaviy platformalar hatto kichik summada ham boshlash imkonini beradi, shaffoflik va texnologiyalar esa jarayonni qulay va tushunarli qiladi. Asosiysi – ishonchli hamkorni tanlash.
Shunday platformalardan biri bu – Way II. Bu investitsiyani hammabop va shaffof qilish maqsadida yaratilgan investitsiya platformasidir. Way II yordamida Akfa Aluminium Group kabi yirik va daromadli kompaniyalarga sarmoya kiritish va yiliga 2 marotaba kurs farqi tufayli yo‘qotishlarsiz 10-15% daromad olish mumkin. Bunda barcha investitsiyalar islom moliyasi tamoyillariga muvofiq bo‘lib, bu ularni axloqiy va sinovdan o‘tgan moliyani qadrlaydiganlar uchun ayniqsa jozibador qiladi.
Investitsiyalarni Way Invest mobil ilovasi orqali boshqarish qulay, u yerda daromadni kuzatish va barcha muhim yangiliklarni bir joyda olish mumkin. Minimal investitsiya miqdori $1,100 bo‘lgan “Standard” investitsiya paketi orqali moliyani nazorat qilishni va o‘z kelajagini bugundan boshlab qurishni istagan har bir kishi uchun bu yo‘l ochiqdir.
Manzil: Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1
Telefon: +998 (78) 555-55-55
Sayt: waygroup.uz
Facebook: @Way ll Group
Instagram: @way_ll_group
Telegram: @wayllgroup
Twitter: @way_ll_group
LinkedIn: @wayllgroup
YouTube: @Way_ll_Group
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ