O‘zbekistonda iyul oyida inflyatsiya darajasi 8,9% gacha pasaydi — Markaziy bank

Iste’mol narxlari indeksidagi 170 turdagi oziq-ovqat mahsulotining 82% ida yillik narx o‘sishi 10% dan past bo‘lgan

O‘zbekistonda iyul oyida inflyatsiya darajasi 8,9% gacha pasaydi — Markaziy bank

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil iyul oyida yillik inflyatsiya darajasi 8,9% ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yil yakunidagi 9,8% hamda 2022-yildagi 12,3% ga nisbatan pasaygan.

Inflyatsiyasi 10% dan yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar ulushi ham sezilarli kamaydi: 2022-yilda 52% bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yil iyulida bu ko‘rsatkich 18% ga tushdi.

Narx o‘zgarishlari:

  • oziq-ovqat mahsulotlari: Uzum (-53,3%), pomidor (-28,2%), olma (-21,4%) arzonlashdi. Aksincha, piyoz (+57,8%) va sabzi (+90,2%) narxi keskin oshdi.

  • nooziq-ovqat mahsulotlari: Avtomobil (-4,0%), sement (-1,6%) arzonlashgan bo‘lsa, tozalash vositalari (+11,4%) va gazeta (+15,2%) qimmatlashdi.

  • xizmatlar: Bank xizmatlari (-0,6%) arzonlashgan. Shu bilan birga, nodavlat MTT xizmatlari (+6,6%), xususiy oliy ta’lim muassasalari to‘lovlari (+21,3%) va xorijiy til kurslari (+78,4%) narxi sezilarli ko‘tarildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iste’mol narxlari indeksidagi 170 turdagi oziq-ovqat mahsulotining 82%, 250 turdagi nooziq-ovqat mahsulotining 95% va 90 turdagi xizmatning 42%ida yillik narx o‘sishi 10% dan past bo‘ldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xususiy oliy ta’lim muassasasi videosida ko‘rindi
/
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xususiy oliy ta’lim muassasasi videosida ko‘rindi
AQSH 55 mln xorijlik viza egalarini tekshirishni boshladi
/
AQSH 55 mln xorijlik viza egalarini tekshirishni boshladi
O‘zbekistonda dollar kursi 12 400 so‘mdan pastga tushdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 400 so‘mdan pastga tushdi