O‘zbekistonlik diplomatik pasport egalari Indoneziyada viza talablaridan ozod qilinadi
Bu haqda davlat vakillari shartnoma imzoladi
![O‘zbekistonlik diplomatik pasport egalari Indoneziyada viza talablaridan ozod qilinadi](https://kapital.uz/wp-content/uploads/2025/02/dok-26.png)
O‘zbekiston Indoneziya tashqi ishlar vazirligi bilan diplomatik pasport egalari uchun viza talablaridan ozod qilish to’g’risidagi shartnomani ham imzoladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Tashqi ishlar vazirligi 11-fevral Indoneziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.
Uchrashuvda hamkorlik sohalari muhokama qilinib, yangi marralar belgilandi. Tashqi ishlar vazirligi rahbari rasmiy sahifasida “Asosiy maqsadimiz – munosabatlarimizni jadallashtirish, rishtalarni mustahkamlash, ikki davlat xalqlarini yana-da yaqinlashtirish. Mamlakatlarimizni bir-biriga bog’lab turuvchi mustahkam poydevor va oldinda erishish uchun katta imkoniyatlar mavjud”, — deb yozgan.
Avvalroq, Iordaniya o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim joriy etishi haqida xabar berilgan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ