O‘zbekistonga import qilingan yengil avtomobillarning 71,2% elektromobillar hissasiga to‘g‘ri keladi

O'tgan yilda elektromobil importi 2,4 barobar oshdi, benzin va gibrid avtomobillar ulushi keskin kamaydi

O‘zbekistonga import qilingan yengil avtomobillarning 71,2% elektromobillar hissasiga to‘g‘ri keladi

2025-yilda O‘zbekistonga import qilingan har 10 ta yengil avtomobilning 7 tasi faqat elektr energiyasida harakatlanuvchi transport vositalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatga 56 832 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 136% ga, ya’ni qariyb 2,4 barobarga ko‘p.

Elektromobillarning jami bojxona qiymati 2024-yilda $224,7 mlnni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda $701 mlnga yetdi. Mazkur o‘sish nafaqat import hajmining oshishi, balki nisbatan qimmatroq modellar olib kirilgani bilan ham izohlanadi. Xususan, elektromobillarning o‘rtacha bojxona qiymati 2024-yilda $9 330 bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda $12 340ni tashkil etdi.

Shu bilan birga, 2025-yilda benzinda harakatlanuvchi 19 871 ta avtomobil import qilingan bo‘lib, bu 2024-yilga nisbatan 40% ga kam. Natijada yengil avtomobillar importida elektromobillar ulushi 71,2% ga yetdi. Taqqoslash uchun, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 32,3% ni tashkil etgan.

Benzinda yuradigan yengil avtomobillarning o‘rtacha bojxona qiymati 2024-yildagi $21 475dan 2025-yilda $19 525gacha pasaydi.

Bundan tashqari, gibrid avtomobillar importi keskin qisqardi. Agar 2024-yilda 17 480 ta gibrid avtomobil olib kirilgan bo‘lsa, 2025-yilda ularning soni 3 017 taga tushib, 83% ga kamaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi bojxona mexanizmi orqali $500 mln investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Yangi bojxona mexanizmi orqali $500 mln investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston milliy kompaniyalari aksiyalari ilk bor London fond birjasida joylashtiriladi
/
O‘zbekiston milliy kompaniyalari aksiyalari ilk bor London fond birjasida joylashtiriladi
O‘zbekistonda zargarlar to‘lagan QQSning 80%ini qaytarib oladi
/
O‘zbekistonda zargarlar to‘lagan QQSning 80%ini qaytarib oladi