Ilon Mask OpenAI va Microsoftdan $134 mlrdgacha tovon puli talab qilmoqda

U ikki kompaniya hamkorligi ochiq manba tamoyillariga zid ekanini aytgan

Ilon Mask OpenAI va Microsoftdan $134 mlrdgacha tovon puli talab qilmoqda

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask OpenAI va Microsoft kompaniyalariga qarshi sud da’vosi bilan chiqib, ulardan $134 mlrdgacha tovon puli undirishni talab qildi.

Da’voga ko‘ra, Ilon Mask 2015-yilda OpenAI’ni tashkil etishda asosiy hammuassis va investor bo‘lgan hamda kompaniyaning dastlabki rivojida muhim rol o‘ynagan. Uning ta’kidlashicha, OpenAI keyinchalik notijorat missiyasidan chekinib, Microsoft bilan tijorat manfaatlariga asoslangan hamkorlikka o‘tgan.

Mask OpenAI va Microsoftning ushbu hamkorligi natijasida milliardlab dollar daromad olinganini, biroq bu jarayonda dastlabki kelishuvlar va ochiq manba tamoyillari buzilganini da’vo qilmoqda. Shu bois u kompaniyalar tomonidan olingan “noqonuniy foyda”ni qaytarishni talab qilmoqda.

OpenAI mazkur da’voni asossiz deb baholab, uni kompaniyaga bosim o‘tkazishga urinish sifatida talqin qilgan. Microsoft esa hozircha rasmiy izoh bermagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sud jarayoni 2026-yil aprel oyida AQShning Kaliforniya shtatida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Eng yirik soliq qarziga ega qurilish kompaniyalari ma’lum bo‘ldi
/
Eng yirik soliq qarziga ega qurilish kompaniyalari ma’lum bo‘ldi
Zomindagi dor yo‘li kompaniyasi 215 mlrd so‘mga sotildi
/
Zomindagi dor yo‘li kompaniyasi 215 mlrd so‘mga sotildi
O‘zbekistonda yangi avtomobillar savdosi 5,2% ga oshdi
/
O‘zbekistonda yangi avtomobillar savdosi 5,2% ga oshdi