ILMA kapital bozorini isloh qilish uchun qonun loyihasini taqdim etdi 

Endilikda investitsion vositachilar moliyaviy hisobotni e’lon qilishga majbur bo‘ladi

ILMA kapital bozorini isloh qilish uchun qonun loyihasini taqdim etdi 

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) kapital bozorini yaxshilashga qaratilgan qonun loyihasini e’lon qildi. Qonun loyihasi bo‘yicha muhokamalar 2025-yil 13-yanvarda boshlanib, 28-yanvargacha davom etadi.

Loyihaga ko‘ra, investitsiya vositachilari har chorakda openinfo.uz saytida moliyaviy hisobotlarini e’lon qilish majburiyatini oladi.

Shuningdek, ustav kapitali bosqichma-bosqich oshiriladi:

  • 2026-yil 1-yanvargacha – BHMning 1000 barobari (375 mln so‘m);
  • 2026-yildan – BHMning 3000 barobari (1,1 mlrd so‘m);
  • 2027-yildan – BHMning 4000 barobari (1,5 mlrd so‘m);
  • 2028-yildan – BHMning 6000 barobari (2,2 mlrd so‘m).

Qonun loyihasida emitentlar tomonidan openinfo.uz saytida ma’lumotlarni e’lon qilishni kechiktirganlik uchun jarimalar joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Ma’lumotlarni chop etishni har bir kechiktirilgan kun uchun jarima miqdori BHMning 50% ini (187 500 so‘m) tashkil etadi.

Bundan tashqari, jarima to‘lanmaguncha yoki kamchilik bartaraf etilmaguncha, agentlik platformaga kirishni cheklash huquqiga ega.

Jarimalardan tushgan mablag‘larning 80%i davlat byudjetiga, qolgan 20%  esa ILMA ixtiyorida qoldiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi