ILMA “Omad sug’urta”ni 75 mln so’mdan ortiq jarimaga tortdi

Shuningdek, regulyator sug'urta kompaniyasining litsenziyasini vaqtincha to'xtatib qo'ydi

ILMA “Omad sug’urta”ni 75 mln so’mdan ortiq jarimaga tortdi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) “Omad sug’urta” moliyaviy hisobotlarida qonun buzilishlarini aniqladi, natijada kompaniyaga 76,5 mln so’m jarima solindi.

Shuningdek, “Sug’urta faoliyati to’g’risida» gi qonunning 47-moddasi, “litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to’g’risida”gi qonunning 32-moddasi, maxsus elektron tizim orqali faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risidagi yagona Nizomning 41-bandi asosida joriy yilning 17-sentabridan boshlab litsenziyaning amal qilishi 10 kunga to’xtatib turiladi.

“Omad sug ‘urta” litsenziyasi to’xtatib turilgan davrda yangi sug’urta (qayta sug’urta) shartnomalarini tuzish yoki amaldagi sug’urta shartnomalarini uzaytirish taqiqlanadi.

Shunga qaramay, kompaniya belgilangan tartibda allaqachon tuzilgan sug’urta (qayta sug’urtalash) shartnomalari bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarishi shart.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi o‘rinbosari noqonuniy buzilish uchun jarimaga tortildi
/
Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi o‘rinbosari noqonuniy buzilish uchun jarimaga tortildi
Buxorodagi oltita tarixiy obyekt negizida turizm shaharchasini tashkil etilishi rejalashtirilmoqda
/
Buxorodagi oltita tarixiy obyekt negizida turizm shaharchasini tashkil etilishi rejalashtirilmoqda
Kogon tumanida $350 mlnlik avtomobil zavodi yoʻlga qoʻyiladi
/
Kogon tumanida $350 mlnlik avtomobil zavodi yoʻlga qoʻyiladi