Markaziy bank ikkita to’lov tashkiloti litsenziyasini bekor qildi

Litsenziyalar kompaniyalarning o'zlari tomonidan bekor qilindi

Markaziy bank ikkita to’lov tashkiloti litsenziyasini bekor qildi

Markaziy bank to’lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun «Milliy Pochta To’lovlari» va to’lov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun mo’ljallangan «Qulay Pul» litsenziyalarini bekor qilish to’g’risida qaror qabul qildi. Bu haqda regulyatorning saytida xabar berilgan.

Ushbu harakatlar kompaniyalarning litsenziyalarni ixtiyoriy ravishda bekor qilish to’g’risidagi bayonotlari asosida boshlangan.

«Milliy Pochta To’lovlari» 2020-yil 7-aprelda ro’yxatdan o’tgan va 2020-yil 16-mayda litsenziyaga ega bo’lgan. Uning muassisi «O’zbekiston Pochtasi» kompaniyasi bo’lib, ustav fondi 1,5 mlrd so’mni tashkil etadi.

«Qulay Pul» 2019-yil 10-iyunda ro’yxatdan o’tgan va 2021-yil 6-dekabrda litsenziyaga ega bo’lgan. Muassislar Isamiddinov Baxtiyor Nizomiddinovich (30%), Nasochevskiy Viktor (50%) va «Migrant» kompaniyasi (20%) hisoblanadi. Ustav fondi esa 10 mlrd so’mni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ortiqxo‘jayev nazoratidagi kompaniya Alfraganus mehmonxonalar majmuasini sotib olmoqchi
/
Ortiqxo‘jayev nazoratidagi kompaniya Alfraganus mehmonxonalar majmuasini sotib olmoqchi
Jizzaxdagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimi joriy qilinadi
/
Jizzaxdagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimi joriy qilinadi
Toshkent — Parkent temiryo‘l liniyasi qurilishiga 535 mlrd so‘m yo‘naltirildi
/
Toshkent — Parkent temiryo‘l liniyasi qurilishiga 535 mlrd so‘m yo‘naltirildi