O‘zbekistonda nogironligi boʻlgan ishchilar uchun ijtimoiy soliq 1% boʻladi

Ularni ishga joylagan kompaniyalarga 500 mln soʻmgacha grant beriladi

O‘zbekistonda nogironligi boʻlgan ishchilar uchun ijtimoiy soliq 1% boʻladi

2025-yil 1-yanvardan boshlab, nogironligi boʻlgan ishchilar uchun ijtimoiy soliq 1% etib belgilanadi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Unda, davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hisobiga bu yil tadbirkorlar 40 ming nogironligi borlarni ishga olgani maʼlum qilindi.

Shuningdek, kelgusi yilda korxonalarga surdotarjimon, psixolog va koʻzi ojizlar uchun hamrohlik xizmati xarajati uchun 50 mln soʻmgacha subsidiya ajratiladi.

Bunday odamlarni ishga joylagan xususiy bandlik kompaniyalariga 500 mln soʻmgacha grant beriladi. Bunda, ushbu kompaniyalar ishlash istagi bor odamlarni aniqlab, ularni oʻqitadi, korxona talabiga moslashtiradi, ish davrini dastlabki 6 oyida hamrohlik qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
/
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
/
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi