IFC O‘zbekistonda ilk alyuminiy banka zavodi qurilishiga $18 mln ajratadi

Loyiha Toshkentda amalga oshirilib, yiliga 1,1 mlrd dona mahsulot ishlab chiqariladi

IFC O‘zbekistonda ilk alyuminiy banka zavodi qurilishiga $18 mln ajratadi

International Finance Corporation (IFC) O‘zbekistonda birinchi bor alyuminiy ichimlik bankalari ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi uchun East Can Solutions kompaniyasiga $18 mln miqdorida investitsiya kiritadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hozirgi kunda mamlakatda metall qadoqlash mahsulotlari bozori asosan importga bog‘liq. Yangi zavod ishga tushirilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarga logistika xarajatlarini kamaytirish, narxlar beqarorligi va yetkazib berishdagi uzilishlar xavfini qisqartirish imkonini beradi.

Ajratilayotgan mablag‘lar zamonaviy va energiya tejamkor uskunalarni o‘rnatishga yo‘naltiriladi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1,1 mlrd dona bankani tashkil etadi. Loyiha doirasida 200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Mahsulotlar to‘liq qayta ishlanish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu mamlakatning ekologik barqarorlik siyosatiga mos keladi.

Kompaniya asoschisi Shuhrat Ergashovning ta’kidlashicha, IFC ko‘magi zamonaviy ishlab chiqarish standartlarini joriy etish va ichki bozorni ishonchli qadoqlash mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘z navbatida, IFC menejeri Lucas Casey loyiha O‘zbekiston sanoat bazasini mustahkamlashi va mahalliy ichimlik ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirishini qayd etdi.

Bundan tashqari, IFC loyiha doirasida maslahat va texnik yordam ham ko‘rsatadi. Zavod global ijtimoiy va ekologik standartlarga moslashtirilib, kelgusida “yashil” qurilish uchun EDGE sertifikatini olish rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha mamlakatda qadoqlash sanoatini rivojlantirish, import o‘rnini bosish va barqaror ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xitoydan mandarin va ananas importiga vaqtinchalik ruxsat berildi
/
Xitoydan mandarin va ananas importiga vaqtinchalik ruxsat berildi
O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasi uchun nazariyaga mustaqil tayyorlanishga ruxsat berildi
/
O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasi uchun nazariyaga mustaqil tayyorlanishga ruxsat berildi
O‘zbekistonda yashash manzili bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zgartirish tartibi tasdiqlandi
/
O‘zbekistonda yashash manzili bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zgartirish tartibi tasdiqlandi