O‘zbekistonda ID kartalar elektron raqamli imzo bilan beriladi
Yangi tartib 1-fevraldan boshlab amal qiladi
Фото: oliygoh.uz
1-fevraldan boshlab O‘zbekiston fuqarolari ilk marta ID karta (milliy pasport) olish uchun ariza topshirganida, elektron raqamli imzo sertifikati karta chipiga bepul kiritiladi.
Bundan tashqari, fuqarolar “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini aniqlashning yagona axborot tizimida avtomatik ravishda bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining takliflari prezident Shavkat Mirziyoyevning 19-yanvardagi qarori bilan tasdiqlandi. U ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan takomillashtirishga qaratilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ