Yil boshidan fuqarolar banklarga qariyb $4 mlrd sotdi

Korxonalarning valyuta xaridi hajmi esa $7,45 mlrdga yetgan

Yil boshidan fuqarolar banklarga qariyb $4 mlrd sotdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–fevral oylarida ichki valyuta bozorida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi.

Valyuta birjasidagi “matching” savdo sessiyalarida market-meykerlarning ulushi oshgan. Xususan, 2025-yilning shu davrida ularning umumiy ulushi 20,6% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yil yanvar–fevral oylarida bu ko‘rsatkich 34,9% ga yetgan. Shu bilan birga, “boshqalar” toifasining ulushi 79,4% dan 65,1% gacha kamaygan.

Aholining banklar bilan amalga oshirgan valyuta operatsiyalarida ham o‘sish qayd etilgan. Jismoniy shaxslar tomonidan valyuta sotish hajmi 2024-yildagi $2,1 mlrddan 2026-yilda $3,9 mlrdga yetgan. Xarid hajmi ham oshib, mos ravishda $1,4 mlrddan $2,0 mlrdga ko‘tarilgan. Natijada ijobiy saldo $690 mlndan $1,85 mlrdgacha kengaygan.

2026-yil boshida korxonalar tomonidan valyuta sotish hajmi $4,1 mlrdni tashkil etgan bo‘lsa, xarid hajmi $7,45 mlrdga yetgan. Bu esa qariyb $3,4 mlrd miqdorida manfiy saldo yuzaga kelganini ko‘rsatadi.

2025-yil yanvar–fevral oylarida “matching” turdagi savdolar 10,4% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 39,3% ga yetgan. Aksincha, koll auksion savdo sessiyalari ulushi 89,6% dan 60,7% gacha kamaygan.

Valyuta kursi dinamikasida esa yil davomida o‘zgaruvchanlik kuzatilgan. 2025-yil boshida dollar kursi 12 920 so‘m atrofida shakllangan bo‘lsa, yil o‘rtalariga kelib pasayish tendensiyasi kuzatilib, kuz oylarida 11 800 so‘m darajasigacha tushgan. 2026-yil boshida kurs yana o‘sish yo‘liga o‘tib, yanvar–fevral oylarida 12 025–12 136 so‘m oralig‘ida shakllangan.

Shu bilan birga, ikki tomonlama o‘rtacha tebranuvchanlik darajasi ham oshgan. 2025-yil boshidagi 12,3 so‘mlik (0,09%) ko‘rsatkich 2026-yil boshiga kelib 32,1 so‘mga (0,27%) yetgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi
/
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi
O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillar uchun Trade-In tizimi joriy etiladi
/
O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillar uchun Trade-In tizimi joriy etiladi