Raqobat qo‘mitasi “Hududgaz Surxondaryo” ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Aniqlanishicha, deyarli 1 mlrd so‘m miqdoridagi qarzdorlik ortiqcha hisoblangan

Raqobat qo‘mitasi “Hududgaz Surxondaryo” ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Qo‘mitaga oktabr oyida “Sherobod sement zavodi” MCHJning murojaatga ko‘ra tekshiruv olib borilganda, “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali faoliyatida kamchiliklar aniqlangan. Bu haqida Qo‘mita o‘z rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Xususan, “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan 2022-yil iyul-avgust oylarida gaz uchun qo‘llanilgan narxlar noto‘g‘ri hisoblanganligi aniqlandi.
“Sherobod sement zavodi” MCHJ 2022-yil 3-avgustgacha “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ tarkibida bo‘lgan. Ushbu davrda gaz ta’minoti uchun oldindan to‘lov amalga oshirilgan. Zavod MCHJ sifatida ajralib chiqqach, 2022-yil avgust oyida gaz uchun eski tarif bo‘yicha 1300 so‘mdan hisob-kitob qilingan. Aslida esa MCHJ uchun gazning narxi bir metr kub uchun 1000 so‘m bo‘lgan. Natijada, tadbirkorlik subyektiga ortiqcha hisoblangan 1 mlrd so‘mga yaqin qarzdorlik aniqlangan.
Qo‘mita tomonidan “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, asossiz hisoblangan mablag‘ni “Sherobod sement zavodi” MCHJ foydasiga qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida qaror va ko‘rsatmalar berilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yevroosiyo taraqqiyot banki Markaziy Osiyo uchun $600 mlndan ortiq investitsiya ajratgan
/
Yevroosiyo taraqqiyot banki Markaziy Osiyo uchun $600 mlndan ortiq investitsiya ajratgan
Bog‘chalarda yangi to‘lov miqdorlari tasdiqlandi
/
Bog‘chalarda yangi to‘lov miqdorlari tasdiqlandi
O’zbekistonda dollar kursi rekordlarni yangilashda davom etmoqda
/
O’zbekistonda dollar kursi rekordlarni yangilashda davom etmoqda