O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatish taqiqlanadi

Ishga qabul qilishda fuqaroning pasporti bilan birgalikda mehnat daftarchasi ma’lumotlari so‘raladi

O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatish taqiqlanadi

13-fevral kuni bilan Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi

Qonun bilan Mehnat kodeksiga “Yagona milliy mehnat tizimi”  idoralararo dasturiy-apparat majmuida  elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan ta’til davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblash tartibini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq xodimlar kechki yoki sirtqi ta’lim shaklida o‘qishi mumkin bo‘lgan ta’lim tashkilotlarining turlarini aniqlashtiruvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. 

Bundan tashqari, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etilmoqda. 

Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxsning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga, mehnat daftarchasiga oid ma’lumotlarni mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so‘rab oladi. 

Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinmagan qismi bo‘yicha tatbiq etilishi belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Banklarning muammoli kreditlari olti oyda qariyb 5 trln so‘mga oshdi
/
Banklarning muammoli kreditlari olti oyda qariyb 5 trln so‘mga oshdi
Jizzax viloyatidagi AES qurilishi uchun O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma ishchi guruh tuzadi
/
Jizzax viloyatidagi AES qurilishi uchun O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma ishchi guruh tuzadi
O‘zbekiston banklari foydasi bir yilda qariyb 70% ga oshdi
/
O‘zbekiston banklari foydasi bir yilda qariyb 70% ga oshdi