Henley & Partners reytingida O‘zbekiston pasporti pozitsiyasi yuqoriladi

O‘zbekiston fuqarolari 62 ta mamlakatga vizasiz yoki vizasiz yoki yengilashtirilgan tartibda olishlari mumkin

Henley & Partners reytingida O‘zbekiston pasporti pozitsiyasi yuqoriladi

2025-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Henley & Partners tomonidan tuzilgan pasportlar kuchi reytingida 79-o‘rinni egalladi. Bu haqda investitsiya kompaniyasining yillik reytingida ma’lum qilindi.

Avvalgi reytingda O‘zbekiston 82-o‘rinda qayd etilgan edi. Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 62 ta davlatga vizasiz yoki viza olish tartibini soddalashtirgan holda, jumladan viza olib kirish orqali tashrif buyurishi mumkin.

Reytingda O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan bir xil — 79-o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Pasportlar kuchi reytingida 1-o‘rinni Singapur egallagan bo‘lib, ushbu davlat fuqarolari 193 ta mamlakatga vizasiz tashrif buyurish imkoniyatiga ega. Reytingning eng quyi pog‘onasida Afg‘oniston joylashgan bo‘lib, uning fuqarolari 24 ta davlatga vizasiz bora oladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2027-yilgacha Malayziya va Indoneziyadan 100 ming nafar sayyoh jalb etiladi
/
2027-yilgacha Malayziya va Indoneziyadan 100 ming nafar sayyoh jalb etiladi
O‘zbekistonda aeroportlar va avtovokzallar nomlari davlat tili talablariga moslashtiriladi
/
O‘zbekistonda aeroportlar va avtovokzallar nomlari davlat tili talablariga moslashtiriladi
Talabalarning o‘qish xarajatlarini ish beruvchilar qoplab berish tartibi tasdiqlandi
/
Talabalarning o‘qish xarajatlarini ish beruvchilar qoplab berish tartibi tasdiqlandi