“Heemera” — Google Accelerator dasturiga kirgan ilk o‘zbek kompaniyasiga aylandi

Akselerator dasturi kompaniyaga Google mutaxassislari bilan ishlash imkonini beradi

“Heemera” — Google Accelerator dasturiga kirgan ilk o‘zbek kompaniyasiga aylandi

O‘zbekistonning “Heemera” MCHJ kompaniyasi “Google Accelerator: AI First Program” xalqaro dasturiga qabul qilingan ilk o‘zbek kompaniyasi bo‘ldi. U Istiqbolli loyihalar milliy agentligi huzuridagi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi hisoblanadi.

Akselerator dasturi “Heemera”ga Google mutaxassislari bilan ishlash, texnik va biznes tajribasidan foydalanish, shaxsiy yordam, trening va murabbiylik xizmatlari hamda rivojlanish strategiyasi bo‘yicha maslahatlar olish imkonini beradi.

Loyiha doirasida kompaniya Google jamoasi bilan birgalikda blokcheyn tahlili, kripto-tergovlar va kripto-aktivlarni qaytarish bo‘yicha sun’iy intellekt yechimlarini rivojlantirish hamda biznesni xalqaro miqyosda kengaytirishga qaratilgan ishlarni amalga oshiradi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Heemera”ning ushbu dasturga qo‘shilishi O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi va sun’iy intellekt sohasida innovatsion loyihalarni rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘lib, mamlakatning mintaqaviy texnologik markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“NKMK”ning sof foydasi yarim yilda $1,5 mlrddan oshdi
/
“NKMK”ning sof foydasi yarim yilda $1,5 mlrddan oshdi
Namangandagi “Nammotors suv ta’minot” korxonasiga 40 mlrd so‘mlik investitsiya kiritildi
/
Namangandagi “Nammotors suv ta’minot” korxonasiga 40 mlrd so‘mlik investitsiya kiritildi
“UzAuto Motors” Onix va Tracker’ni mahalliylashtirish darajasini 80% ga yetkazishni rejalashtirmoqda
/
“UzAuto Motors” Onix va Tracker’ni mahalliylashtirish darajasini 80% ga yetkazishni rejalashtirmoqda