Haydovchilarga o‘zini o‘zi band qilish orqali taksichilik qilishiga qayta ruxsat beriladi

Bundan tashqari, yuk ekspeditorlaridan QQS olinmaydi

Haydovchilarga o‘zini o‘zi band qilish orqali taksichilik qilishiga qayta ruxsat beriladi

Endilikda jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik qilishiga qayta ruxsat beriladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi

Ikki yil oldin bunday tartibda faoliyat olib borishga vaqtinchalik ruxsat berilgan edi. Buning natijasida taksichilar soni 6 barobar oshib, 457 mingga yetgan. Shu sababli endi bu tartib doimiy bo‘lishi aytildi.

Matbout xizmati xabariga ko‘ra, hozirda 151 ta agregator kompaniyalar ish yurityapti va bu yana o‘sishi kutilmoqda. Shu bois agregatorlar faoliyatini tartibga solish, ularning davlat, haydovchi va yo‘lovchilar oldidagi majburiyatini aniq belgilash vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, yuk jo‘natuvchi va tashuvchini o‘zaro bog‘laydigan ekspeditorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning xalqaro yuk tashishdagi xizmatlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i olinmaydigan bo‘ldi. Natijada mahalliy korxonalar ulushini 45-50% ga chiqariladi. 

Shu kabi choralar orqali xalqaro yuk tashish hajmini 2 karra oshirish, transport xizmatlari eksportini kamida $3 mlrdga yetkazish vazifasi belgilandi.

Shuningdek, mutasaddilarga elektron navbat tizimini keng joriy etib, chegaradan o‘tish vaqtini 20 daqiqagacha qisqartirish, transport vositalarini onlayn kuzatish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2030-yilgacha Toshkent metrosi tarmogʻi 100 kmga yetkaziladi
/
2030-yilgacha Toshkent metrosi tarmogʻi 100 kmga yetkaziladi
O‘zbekistonda yirik AES quvvatini 2040-yilgacha 4 GVt ga yetkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda yirik AES quvvatini 2040-yilgacha 4 GVt ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi
/
Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi