O’zbekistonda Italiya kompaniyasi bilan birgalikda «hashamatli» poyezdlarni ishga tushirish rejalashtirilgan

Sayyohlik poyezdlari Toshkent va Xiva o'rtasida qatnaydi

O’zbekistonda Italiya kompaniyasi bilan birgalikda «hashamatli» poyezdlarni ishga tushirish rejalashtirilgan

Uchinchi xalqaro investitsiya forumida Italiyaning «Arsenale group» kompaniyasi va «O’zbekiston temir yo’llari» kompaniyasi «Samarkand express» sayyohlik poyezdini ishga tushirish to’g’risida bitim imzoladilar. Bu haqda «O’zbekiston temir yo’llari» xabar beradi.

Ushbu temir yo’l kruizining muntazam reyslari 2026 yil oxirida boshlanadi. Poyezdlar 38 ta kupe (Deluxe, lyuks va super Deluxe) bo’lgan 13-15 ta vagondan iborat bo’lib, ular 76 ga yaqin yo’lovchini sig’dira oladi. Ushbu poyezdlar qurilishi «O’zbekiston temir yo’llari»ga tegishli korxonalarda amalga oshiriladi.

Toshkentdan Xivaga yo’nalish uch kun va ikki kecha davom etadi, Buxoro va Samarqandda to’xtaydi. Yiliga 70-90 ta bunday reyslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
/
Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
/
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi
/
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi