Qozog’istonning «Halyk banki» «Mir» kartalariga xizmat ko’rsatishni to’xtatdi

Qirg'iziston va Armanistondagi banklar ham AQSh tomonidan sanksiyalar joriy etilishi sababli ushbu to'lov tizimi bilan ishlashni to'xtatadilar

Qozog’istonning «Halyk banki» «Mir» kartalariga xizmat ko’rsatishni to’xtatdi

Fevral oyining oxiridan boshlab Qozog’istonning eng yirik banki «Halyk Bank» «Mir» to’lov tizimining kartalarini qabul qilishni to’xtatdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Moliya tashkilotining call-markazi xodimining so’zlariga ko’ra, so’nggi o’zgarishlar 27 fevralda kuchga kirdi va Mir kartalari endi bankomatlarda ham, POS-terminallarda ham qabul qilinmaydi. Biroq, bunday qarorning sabablari ochiqlanmagan.

Bundan tashqari, 2 aprel kuni Qirg’izistondagi «Elkart» milliy to’lov tizimi operatori «Mir» kartalari AQSh tomonidan sanksiyalar kiritilganligi sababli 5 apreldan boshlab mamlakatda ishlamasligini e’lon qildi.

Rossiya milliy to’lov tizimi matbuot xizmatining xabar berishicha, 30 martdan boshlab «Armenian Card» (ArCa) bilan shug’ullanadigan banklar Armanistonda «Mir» kartalarini qabul qilishni to’xtatadilar. Shu bilan birga, «VTB Armaniston» banki bunday kartalarni qabul qilishni davom ettiradi. Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, mamlakatlar «Mir» kartalaridan foydalanish va AQSh bosimi natijasida yetkazilgan zararni qoplash bilan bog’liq muammolarni hal qilish ustida ishlamoqda.

Eslatib o’tamiz, 2022 yil 23-sentabrda UZCARD prosessing markazi O’zbekiston bo’yicha «Mir» kartalariga xizmat ko’rsatishni va chet elda UZCARD — «Mir» kobeyjing kartalaridan foydalanishni to’xtatgan. Markaz vakillarining so’zlariga ko’ra, ushbu qaror «to’lov tizimi ishtirokchilari tomonidagi texnik protseduralar» bilan bog’liq.

2023 yil yanvar oyida O’zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov O’zbekiston banklari «Mir» kartalariga xizmat ko’rsatishni qayta tiklash ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan edi.

Tizimni tiklash imkoniyati banklar uchun tavaqqal bilan bog’liq. Texnik sabablarga ko’ra, tizimning banklardagi faoliyati sanktsiyalarga tushib qolmasligi uchun to’xtatiladi. Bu ehtiyotkorlik maqsadida amalga oshiriladi. Bizning banklarimiz bu masalani shundog’ qoldirmaydilar va OFAC (xorijiy aktivlarni nazorat qilish idorasi) bilan ishlashadi, — dedi u.

Markaziy bank rahbari karta xizmatini qayta tiklashning aniq vaqtini aytmadi. Hozirgi vaqtda respublikada kartalar hali ham qabul qilinmaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekiston davlat byudjeti taqchilligi 28 trln so’mdan oshdi
/
O’zbekiston davlat byudjeti taqchilligi 28 trln so’mdan oshdi
Raqobat qo’mitasi “Sello”ni noto’g’ri reklama uchun jarimaga tortdi
/
Raqobat qo’mitasi “Sello”ni noto’g’ri reklama uchun jarimaga tortdi
Germaniyaning “Lufthansa” aviakompaniyasi O’zbekistonga parvozlarni davom ettirishi mumkin
/
Germaniyaning “Lufthansa” aviakompaniyasi O’zbekistonga parvozlarni davom ettirishi mumkin