AQSh Green Card arizalari qoidalarini o‘zgartiradi

Diversity Visa ishtirokchilari endi pasport sahifalarining skan nusxasini yuklashi majburiy bo'ladi

AQSh Green Card arizalari qoidalarini o‘zgartiradi

AQSh 2026-yil 10-apreldan boshlab Diversity Visa dasturida ro‘yxatdan o‘tish tartibiga qo‘shimcha talablar joriy etadi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, Green Card lotereyasida ishtirok etish uchun ariza topshirayotgan shaxslar amaldagi xorijiy pasport ma’lumotlarini ko‘rsatishi lozim bo‘ladi. Elektron anketa shakliga pasportning biografik ma’lumotlar va egasining imzosi aks etgan sahifalarining skan nusxasi yuklanadi.

Shuningdek, anketadagi ayrim atamalar ham o‘zgartiriladi: “gender” tushunchasi o‘rniga “jins”, “yosh” grafigi o‘rniga esa “tug‘ilgan sana” qo‘llanadi. Mazkur o‘zgarishlar firibgarlikka qarshi kurashni kuchaytirish va shaxsni aniqlash jarayonini soddalashtirish maqsadida joriy etilmoqda. Talablar 2027-yil dasturi ishtirokchilariga tatbiq etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil sentyabr oyidan boshlab lotereyada ro‘yxatdan o‘tish uchun $1 miqdorida majburiy yig‘im joriy etilgandi.

Avvalroq, 19-dekabr kuni ushbu dastur doirasida vizalar berilishi vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2025-yilda faktoring xizmatlari hajmi 9,5 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda 2025-yilda faktoring xizmatlari hajmi 9,5 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi
Toshkent shahar dizayn-kodi rasman tasdiqlandi
/
Toshkent shahar dizayn-kodi rasman tasdiqlandi