AQSH hukumati Green Card dasturini vaqtincha to‘xtatdi

Bunga Braun universitetida otishma sodir etganlikda gumonlangan shaxs ushbu dastur orqali mamlakatga kelgani sabab bo‘lgani aytilmoqda

AQSH hukumati Green Card dasturini vaqtincha to‘xtatdi

AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Green Card lotereyasi dasturini vaqtincha to‘xtatishni buyurdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Green Card doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi va AQSH fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga mamlakatda ishlashga ruxsat beruvchi shaxsni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Har yili AQSH hukumati “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – DV” dasturi doirasida 50 mingta doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi.

Green Card dasturi to‘xtatilishiga Braun universitetida otishma sodir etganlikda gumonlangan shaxs ushbu dastur orqali mamlakatga kelgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. 13-dekabr kuni yuz bergan mazkur otishmada o‘zbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqov ham halok bo‘lgandi. Uni o‘ldirishda gumonlangan erkak esa 18-dekabrga o‘tar kechasi o‘lik holda topilgan.

Avvalroq AQSH Davlat departamenti joriy yilning 16-sentabridan boshlab Green Card lotereyasi uchun $1 miqdorida to‘lov joriy etdi.

Shu paytgacha lotereya xarajatlari faqat tanlangan arizachilardan olinadigan $330 miqdoridagi viza uchun ariza to‘loviga qo‘shib kelingan bo‘lsa, endi xarajatlarning bir qismi ro‘yxatdan o‘tish vaqtida barcha ishtirokchilardan undiriladi.

Shuningdek, departament Diversity Visa (DV) vizasini olish uchun ariza topshirish jarayoniga ayrim o‘zgartirishlar kiritmoqda.

Biz DV-2027 uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanadigan sanani va DV-2027 uchun tanlov natijalari ariza holatini tekshirish tizimi (ESC) orqali ma’lum bo‘ladigan sanani iloji boricha tezroq e’lon qilamiz, — deyiladi xabarda.

Ushbu o‘zgarishlar DV-2027’da ishtirok etish uchun tanlangan shaxslarning viza olish uchun ariza topshirish muddatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu muddat 2026-yil 1-oktabrdan 2027-yil 30-sentabrgacha o‘zgarishsiz qoladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Buyuk Britaniya to‘rtta o‘zbekistonlik kompaniyaga sanksiya kiritdi
/
Buyuk Britaniya to‘rtta o‘zbekistonlik kompaniyaga sanksiya kiritdi
Yaqinlaringiz kelajagi uchun foyda keltiradigan qimmatli sovg‘a taqdim eting
/
Yaqinlaringiz kelajagi uchun foyda keltiradigan qimmatli sovg‘a taqdim eting
O‘zbekiston JCh–2026 ishtiroki uchun kamida $10,5 mln oladi
/
O‘zbekiston JCh–2026 ishtiroki uchun kamida $10,5 mln oladi