O‘zbekistondagi “Global Textile” kompaniyasi Qozog‘istonda tekstil ishlab chiqarishga $40 mln ajratadi

Mazkur loyiha doirasida Qozog‘istonda beshta yirik korxona tashkil etilishi rejalashtirilgan

O‘zbekistondagi “Global Textile” kompaniyasi Qozog‘istonda tekstil ishlab chiqarishga $40 mln ajratadi

O‘zbekistonning “Global Textile” kompaniyasi Turkiston viloyati, Maqtaaral tumanida tekstil fabrikasi va logistika markazi qurishni rejalashtirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 21 mlrd tenge ($40 mln) ni tashkil qilmoqda. Bu haqda Turkiston viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha doirasida beshta yirik korxona tashkil etilib, 2000 dan ortiq doimiy ish o‘rni yaratiladi. Bu korxonalar tarkibiga logistika markazi, paxta qayta ishlash zavodi, tekstil fabrikasi, bo‘yash, yigirish va kiyim-kechak ishlab chiqarish sexlari kiradi. Paxta zavodi yiliga 13,8 ming tonna xomashyoni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi, mahsulotlar esa mahalliy va Yevropa bozorlariga yetkaziladi. Ishlab chiqarishda Shvetsariya texnologiyalari qo‘llaniladi, zarur infratuzilmani yaratish uchun esa maxsus yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.

2027-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan tekstil fabrikasi uchun kompaniya o‘tgan yili 3,2 ming gektar maydonga «Namangan-77» navli paxta ekib, mo‘l hosil olgan. Shuningdek, yillik 10 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan paxta qabul qilish punkti qurilgan.

“Global Textile” O‘zbekistondagi to‘liq siklli eng yirik tekstil kompaniyalaridan biri bo‘lib, Tashkent va Farg‘ona viloyatlaridagi 15 korxonada 5000 dan ortiq ishchi faoliyat yuritadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sud Humans kompaniyasini “Octobank” oldidagi qarzni to‘lashga majbur qildi
/
Sud Humans kompaniyasini “Octobank” oldidagi qarzni to‘lashga majbur qildi
Transport vazirligi: viloyatdan kelgan taksichilar poytaxtda ishlash uchun ham litsenziya olishlari kerak
/
Transport vazirligi: viloyatdan kelgan taksichilar poytaxtda ishlash uchun ham litsenziya olishlari kerak
13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi
/
13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi