Germaniya banki O‘zbekistonga kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 26,5 mln yevro ajratadi

Loyiha 2031-yilgacha mo‘ljallangan bo'lib, 10 yillik imtiyozli davr va yillik 2% stavkasiga ega

Germaniya banki O‘zbekistonga kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 26,5 mln yevro ajratadi

O‘zbekiston Germaniya Taraqqiyot bankidan (KfW) mikro, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun jami 26,5 mln yevro miqdorida kredit va grant oladi. Bu Vazirlar mahkamasining 2025-yil 29-dekabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Loyiha 2031-yilgacha mo‘ljallangan. Umumiy moliyalashtirishning 23,5 mln yevrosini kredit tashkil qiladi, yana 3 mln yevro — loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq konsultatsion xizmatlar uchun grant.

Kredit har biri 11,75 mln yevrodan ikki transhda taqdim etiladi. Kredit liniyasi 10 yillik imtiyozli davr va yillik 2% stavkasiga ega.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihaning mas’ul ijrochisi etib belgilandi.

Dasturning oldingi ikki bosqichida KfW Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznesga 26,8 mln yevro ajratgan. Yangi moliyalashtirish paketi bo‘yicha kelishuv 2025-yil aprel oyida imzolangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Endilikda onlayn kredit olishda firibgarlikka uchraganlardan kreditni undirilmaydi
/
Endilikda onlayn kredit olishda firibgarlikka uchraganlardan kreditni undirilmaydi
H&M O‘zbekistonda hаb ochish orqali tekstil mahsulotlari xaridini yo‘lga qo‘yadi
/
H&M O‘zbekistonda hаb ochish orqali tekstil mahsulotlari xaridini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekistonda migrantlar uchun Passport-Visa onlayn xizmati joriy etiladi
/
O‘zbekistonda migrantlar uchun Passport-Visa onlayn xizmati joriy etiladi