“O‘zbekneftgaz” Farg‘ona vodiysiga benzin hajmini 7 barobarga oshirdi

Ikki kun davomida hudud gazdan uzilishi sababli 2 ming tonna benzin ajratildi

“O‘zbekneftgaz” Farg‘ona vodiysiga benzin hajmini 7 barobarga oshirdi

Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari hamda yirik iste’molchilarning gaz ta’minotiga vaqtincha cheklov kiritilgani sabab uch viloyat uchun 2 ming tonna benzin ajratildi.

Energetika vazirligi kecha Farg‘ona vodiysida 5-sentabr kuni soat 12:00 dan 36 soat davomida “Ohangaron — Pungon” magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz uzatish vaqtincha to‘xtatilishi munosabati bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari (AGTKSH) faoliyatiga ham vaqtincha cheklov o‘rnatilishi haqida xabar bergan edi.

Energetika vazirligi topshirig‘iga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJ hudud aholisining avtobenzinga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish maqsadida birja savdolariga Farg‘ona vodiysi uchun 2 ming tonna benzin qo‘yishini ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich shu kunga qadar o‘rtacha kunlik 250,3 tonnani tashkil etardi. 2 ming tonna odatiy kunga nisbatan 7 karra ko‘p degani.

Shuningdek, neft bazalar faoliyati 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazilib, avtobenzinni hududiy AYQSHlarga uzluksiz yetkazib berilishi ta’minlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ilon Mask OpenAI va Microsoftdan $134 mlrdgacha tovon puli talab qilmoqda
/
Ilon Mask OpenAI va Microsoftdan $134 mlrdgacha tovon puli talab qilmoqda
Eng yirik soliq qarziga ega qurilish kompaniyalari ma’lum bo‘ldi
/
Eng yirik soliq qarziga ega qurilish kompaniyalari ma’lum bo‘ldi
Zomindagi dor yo‘li kompaniyasi 215 mlrd so‘mga sotildi
/
Zomindagi dor yo‘li kompaniyasi 215 mlrd so‘mga sotildi