O‘zbekistonda futbol sohasi raqamlashtiriladi — Adliya vazirligi
Xususan, 2026-yilning mart oyidan futbol o‘yinlariga chipta xarid qilishda shaxsni identifikatsiya qiluvchi axborot tizimi yaratiladi
Qarorga ko‘ra, “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimi yaratiladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Qayd etilishicha, Prezident qarori “O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilingan.
2026-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish mazkur axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
2026-yil 1-martdan futbol o‘yinlariga chiptalarni xarid qilish shaxsni identifikatsiya qilish hamda matritsali shtrix-kod (QR kod) texnologiyalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ