Endilikda fuqarolar o‘ziga kredit berilishini taqiqlashlari mumkin

Buning uchun ariza berish va davlat xizmatlaridan foydalanish bepul amalga oshiriladi

Endilikda fuqarolar o‘ziga kredit berilishini taqiqlashlari mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda o‘zbekistonliklarga o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash huquqini beruvchi qonunni qabul qildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi

Qonun loyihasiga ko‘ra, “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida»gi qonunga aholini kreditlash, ularning nomiga kreditlar olish va ushbu kredit mablag‘larini masofadan turib o‘g‘irlash ko‘rinishidagi firibgarlik jinoyatlaridan himoya qilish maqsadida o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan, kredit olish uchun ariza berishni ixtiyoriy ravishda rad etish mexanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan kredit bitimlarini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestrini yaratish nazarda tutilmoqda.

Ya’ni jismoniy shaxs bunday operatsiyalar bilan bog‘liq firibgarlik harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kredit byurosiga o‘z nomidan kredit shartnomasini uning ishtirokisiz yoki xabardorligisiz amalga oshirishni taqiqlash to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Ushbu xizmat kredit olish yoki mijozning pul mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini cheklash uchun mo‘ljallangan.

Kredit shartnomasini tuzishni taqiqlash yoki ushbu taqiqni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP, my.gov.uz) orqali elektron shaklda, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.

Kredit shartnomasini tuzishni taqiqlash yoki taqiqni bekor qilish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Shuningdek, xizmat bepul amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Regulyator 100 grammlik oltin quymalarini sotuvga chiqarmoqda
/
Regulyator 100 grammlik oltin quymalarini sotuvga chiqarmoqda
“Flyadeal” aviakompaniyasi 15-yanvardan Namanganga parvozlarni boshladi
/
“Flyadeal” aviakompaniyasi 15-yanvardan Namanganga parvozlarni boshladi
O’zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushmoqda
/
O’zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushmoqda