Fransiya O‘zbekistonda uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish uchun 30 mln yevro ajratadi

Mablag‘lar ipoteka kreditlari va aholiga uylarni “yashil” ta’mirlashga yo‘naltiriladi

Fransiya O‘zbekistonda uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish uchun 30 mln yevro ajratadi

Fransiya taraqqiyot agentligi Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasiga kredit liniyasi va grant mablag‘lari ko‘rinishida 30 mln yevro ajratadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Loyiha O‘zbekistonda uy-joylarni “yashil” renovatsiya qilish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan. Hozirda baholash va tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Agentlik moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatishi, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi va tijorat banklari orqali kreditlar yakuniy iste’molchilarga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida aholining energiya samaradorligi sohasidagi xabardorlik darajasini baholash uchun o‘zbek, rus va ingliz tillarida onlayn so‘rov o‘tkaziladi. So‘rovnoma texnik maslahatchilar – Juru va AETS (Fransiya) kompaniyalari mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. To‘plangan ma’lumotlar loyihaning iqtisodiy va texnik asoslarini shakllantirish uchun ishlatiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
/
O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
/
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi
/
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi