Amerikaning “Franklin Templeton” kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya fondini boshqarishni boshladi
Kompaniya $1,68 mlrd miqdorida davlat korxonalarini rivojlantirish, ularni IPOga tayyorlash va Toshkentdagi vakolatxonasi orqali global miqyosdagi sarmoyadorlarni jalb etish ishlarini amalga oshiradi

“Franklin Templeton” Asset Management 2024-yil avgust oyida tashkil etilgan O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg’armasini rasman boshqarishni boshladi. Jamg‘arma to‘liq respublika Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli bo‘lib, 18 ta asosiy davlat kompaniyalarida, jumladan, “Uzbekistan Airways”, “O‘zbektelekom”, “O‘zbekinvest” va “Navoiyazot” da 20% dan 40% gacha ulushlarga egalik qiladi.
“Deloitte” va “KPMG” konsalting kompaniyalari baholariga ko‘ra, O‘zMilliy tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining sof aktivlari $1,68 mlrdni tashkil etadi. Jamg‘armaning asosiy vazifasi davlat korxonalarining operatsion samaradorligi va moliyaviy barqarorligini oshirish, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish va xalqaro investorlarni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Ushbu maqsadlarni samarali amalga oshirish uchun “Franklin Templeton” Toshkentda o‘z ofisini ochdi. Unda investitsiyalar, yuridik masalalar va investorlar bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar jamoasi allaqachon ishlamoqda.
Toshkentdagi ofis rahbari Marius Dan ma’lum qilishicha,“Franklin Templeton” jamg‘armaning sarmoyaviy salohiyatini ochib berishga umid qilmoqda. Yaqin kelajakda bir qator korxonalarni “Toshkent” O‘zbekiston fond birjasi va xorijiy savdo maydonchalarida aksiyalarini joylashtirishga tayyorlash, shuningdek, xalqaro investitsiya hamjamiyati bilan faol ishlash rejalashtirilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ