Franklin Templeton O‘zbekistonning Milliy investitsiya fondi boshqaruvchisi etib tayinlandi

Fond tarkibiga $1,5 mlrd qiymatidagi 18 ta davlat kompaniyasining aksiyalari kiradi

Franklin Templeton O‘zbekistonning Milliy investitsiya fondi boshqaruvchisi etib tayinlandi

Franklin Templeton O‘zbekistonning Milliy investitsiya fondining aktivlarini boshqarish va ularni bozorga chiqarishda yordam berishga tayyorlangan investitsiya bo‘yicha sho‘ba kompaniyasi etib tayinlandi. Bu haqda  Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar bermoqda

Kompaniya 18 ta davlat korxona va tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlarini boshqaradi va investitsiya jalb qiladi. Fondning aktivlari qiymati $1,5 mlrd deb baholangan.

Hamkorlik doirasida Franklin Templeton davlat banklari va korxonalarning strategiyalarini ko‘rib chiqadi, ularning moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga e’tibor qaratadi. Bundan tashqari, kompaniya boshqaruv usullarini jahon standartlariga moslashtirishni va yuqori boshqaruvni o‘qitishni rejalashtirmoqda.

Fondning ustav kapitalini shakllantirish uchun quyidagi davlat korxonalarining aksiyalari paketlari unga beriladi:

  • “Biznesni rivojlantirish banki” — 25%;
  • “Mikrokreditbank” (MKBank) — 40%;
  • “Xalq banki” — 30%;
  • “Uzbekistan Airports” — 25%;
  • “Uzbekistan Airways” — 25%;
  • “Navoiazot” — 25%;
  • “Milliy elektroshetlar” — 40%;
  • “Mintaqaviy elektroshetlar” — 40%;
  • “Temiryo‘linfratuzilma” — 25%;
  • “Issiqlik elektr stansiyalari” — 25%;
  • “Toshshahartanshizmat” — 25%;
  • “Uzbekgidroenergo” — 20%;
  • “Uzbekinvest” — 20%;
  • “Uzbekiston pochtasi” (Uzpost) — 25%;
  • “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” — 40%;
  • “Uzbektelekom” — 25%;
  • “Uzsuvta’minot” — 40%;
  • “Hududgazta’minot” — 40%.

Franklin Templeton Investments, 1947-yilda tashkil etilgan bo‘lib, $1,6 trnlik umumiy aktivlar bilan 150 mamlakatda faoliyat yuritayotgan eng yirik professional aktivlarni boshqaruvchi AQSH kompaniyalaridan biri hisoblanadi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Olti oyda Toshkentga 3,2 mln nafar xorijiy va 4,1 mln nafar mahalliy sayyoh tashrif buyurdi
/
Olti oyda Toshkentga 3,2 mln nafar xorijiy va 4,1 mln nafar mahalliy sayyoh tashrif buyurdi
Nurafshonda $500 mlnlik Kelajak texnologiyalari markazi quriladi
/
Nurafshonda $500 mlnlik Kelajak texnologiyalari markazi quriladi
O‘zbekistonda QQSdan ozod etiladigan 516 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti ro‘yxati tasdiqlandi
/
O‘zbekistonda QQSdan ozod etiladigan 516 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti ro‘yxati tasdiqlandi