Fransiyaning Framatome kompaniyasi O‘zbekistondagi AES loyihasida ishtirok etadi

“O'zatom” bilan strategik hamkorlik doirasida energobloklar uchun zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy etilishi rejalashtirilmoqda

Fransiyaning Framatome kompaniyasi O‘zbekistondagi AES loyihasida ishtirok etadi

“O’zatom” agentligi va Fransiyaning Framatome korporatsiyasi atom elektr stansiyalari loyihalarini amalga oshirish doirasida strategik hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Framatome bosh qarorgohida “O’zatom” direktori Azim Axmedxadjayev hamda avtomatlashtirilgan tizimlar bo‘linmasi katta vitse-prezidenti Loran Tyefri o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida atom stansiyalarida jarayonlarni boshqarish uchun zamonaviy dasturiy ta’minot va uskunalardan foydalanish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar yadro obyektlarining yuqori darajadagi xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash maqsadida tajriba hamda texnologiyalar almashishga kelishib oldi.

Hamkorlik kelgusidagi energobloklarning butun hayotiy siklini qamrab oladi. Fransiya kompaniyasi loyihalash, komponentlar ishlab chiqarish va yadro yoqilg‘isi yetkazib berishga ixtisoslashgan. Tashkilot VVER turidagi reaktorlar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lib, Vengriya va Misrda qurilayotgan obyektlar uchun boshqaruv tizimlarini yetkazib bergan.

2025-yil sentabr oyida O‘zbekiston va Rossiya atom loyihasining yangilangan formatini tasdiqlagan edi. Amaldagi reja 3+ avlodga mansub ikkita yirik energoblok hamda har biri 55 MVt quvvatga ega ikkita kichik RITM-200N reaktorini qurishni nazarda tutadi. Integratsiyalashgan AESning umumiy quvvati 2,1 GVtdan ortiqni tashkil etadi. Jizzax viloyatida kichik atom elektr stansiyasini joylashtirish uchun kotlovan tayyorlash ishlari allaqachon boshlangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qashqadaryo viloyatiga $3,5 mlrd investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Qashqadaryo viloyatiga $3,5 mlrd investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
Metan zapravkalari 12-mart kuni faqat ijtimoiy soha va jamoat transportiga xizmat ko‘rsatadi
/
Metan zapravkalari 12-mart kuni faqat ijtimoiy soha va jamoat transportiga xizmat ko‘rsatadi
Buxoroda yangi aeroport qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi
/
Buxoroda yangi aeroport qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi