FlyArystan Olmaota—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi
Parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, minimal chipta narxi 802 ming so‘m etib belgilandi
Фото: FlyArystan
Qozog‘istonning loukoster aviakompaniyasi FlyArystan Olmaota — Samarqand — Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar uchun chiptalar savdosini ochdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Bahorgi parvozlar mavsumi 21-martdan 30-maygacha, kuzgi bosqich esa 2026-yil 1-sentabrdan 24-oktabrgacha davom etadi.
Bir tomonga aviachiptaning minimal narxi 802 ming so‘m etib belgilangan bo‘lib, bu 34 ming tengega teng.
Chiptalarni rasmiy veb-sayt, mobil ilova hamda ixtisoslashtirilgan aviachiptalar kassalari orqali rasmiylashtirish mumkin.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ