“Flyadeal” aviakompaniyasi 15-yanvardan Namanganga parvozlarni boshladi
Reyslar haftasiga uch marta dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi
15-yanvar kuni Namangan aeroportida Saudiya Arabistonining “Flyadeal” aviakompaniyasi birinchi reysi kutib olindi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” ma’lum qildi.
Havo kemasi sathida 350 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan 10:21 da Namanganga qo‘ngan. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi.
Jidda-Namangan-Jidda yo‘nalishi bo‘yicha muntazam ravishda to‘g’ridan-to‘g’ri reyslar Airbus-A330 samolyotlarida haftasiga uch marta dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, “Flyadeal” aviakompaniyasi 2024-yil 21-noyabrdan O‘zbekistonga to‘g’ridan-to‘g’ri reyslarni yo‘lga qo‘ygan edi. Hozirda Toshkent va Jidda o‘rtasidagi reyslar har kuni amalga oshirilmoqda.
“Flyadeal” Saudiya Arabistonining loukostr formatidagi aviakompaniyasi bo’lib, Jiddadagi Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportida joylashgan. Aviakompaniya Saudiya Arabistonining yetakchi havo tashuvchisi “Saudia Group” ning transformatsiya strategiyasi doirasida 2017-yilda tashkil etilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ