Respublika fond birjasi brokerlik kompaniyalarini firibgarlikdan ogohlantirdi

Qayd etilishicha, firibgarlar birja boshqaruv raisi nomidan faoliyat olib bormoqda

Respublika fond birjasi brokerlik kompaniyalarini firibgarlikdan ogohlantirdi

Respublika fond birjasi “Toshkent” birja a’zosi bo‘lgan brokerlik kompaniyalari vakillariga nisbatan amalga oshirilayotgan firibgarlik holatini aniqladi

Qayd etilishicha, firibgarlar +998 95 491 72 53 raqamidan foydalanib, Telegram messenjeri orqali RFB “Toshkent” Boshqaruv Raisi Georgiy Paresishvili nomidan brokerlar bilan bog‘lanmoqda.

Suhbat davomida go‘yoki pul yuvish bilan bog‘liq jinoyat ishi ochilgani haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Xuddi shu raqamga ulangan Telegram akkauntda Georgiy Paresishvilining ismi va ochiq manbalardan olingan surati bilan soxta profil yaratilgan.

Keyingi bosqichda brokerlik kompaniyalari vakillariga +998 95 605 76 66 raqamidan o‘zini Bag‘imboy Uronovich Karimov deb tanishtirgan shaxs qo‘ng‘iroq qiladi va shaxsiy bank hisobvaraqlari kabi maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga urinishadi.

RFB “Toshkent” mazkur harakatlar firibgarlik ekanini va birjaning yoki uning rahbariyatining rasmiy faoliyati bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qilmoqda. 

Respublika fond birjasi “Toshkent” barcha bozor ishtirokchilarini xushyor bo‘lishga chaqirib, shubhali murojaatlarga duch kelingan taqdirda, birjaning rasmiy aloqa kanallariga darhol xabar berishini so‘ragan. 

Firibgarlikda ishlatilgan ikki xil Telegram akkauntiga oid skrinshotlar ilova qilingan:

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda turagentlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilinadi
/
O‘zbekistonda turagentlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilinadi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushmoqda
O‘zbekistonda yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtiriladi
/
O‘zbekistonda yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtiriladi