Figma IPO orqali $1,22 mlrd jalb qildi
Investorlar tomonidan katta talab tufayli kompaniyaning bahosi $19,34 mlrdgacha oshdi

Figma IPO‘da katta muvaffaqiyatga erishdi: aksiyalar narxi ilk kunda 250% ga oshdi
2025-yil 31-iyul kuni dizayn platformasi Figma o‘z aksiyalarini ilk bor Nyu-York fond birjasida (NYSE) joylashtirdi va savdolarning birinchi kunida aksiyalar narxi keskin qimmatlashdi, deb xabar bermoqda Forbes nashri.
Savdolar bir aksiya uchun $85 dan boshlandi va kechga kelib $115,5 gacha chiqdi. Bu — IPO bahosiga nisbatan 250% o‘sgan va kompaniya $68 mlrdlik bozor qiymatiga ega bo‘ldi.
IPO doirasida 36,9 mlndan ortiq aksiya sotildi va Figma ushbu jarayon orqali $1,2 mlrd mablag‘ jalb qildi. Talab yuqoriligi sabab obuna hajmi taklif qilingan miqdordan 40 barobar ko‘p yuqorilagan.
Kapital.uz avvalroq Figma’ning IPO oldidan bahosi $16,4 mlrd deb baholangani haqida xabar bergandi. 2022-yilda Adobe kompaniyasi Figmani $20 mlrdga sotib olmoqchi bo‘lgan. Ammo Yevropa va Buyuk Britaniyadagi raqobatga qarshi nazorat idoralari bitimga to‘sqinlik qilgan.
Figma — oyiga 13 mlndan ortiq foydalanuvchi foydalanadigan onlayn dizayn platformasi bo‘lib, uning yirik mijozlari qatorida Google, Microsoft, Netflix va Uber kabi korporatsiyalar bor.
2025-yilning birinchi choragida kompaniya daromadi o‘tgan yilga nisbatan 46% ga oshgan, ikkinchi chorakda esa daromad $247–$250 mln atrofida bo‘lib, operatsion foyda $9–$12 mlnni tashkil etdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ