O‘zbekiston fevral oyida qariyb $45 mlnlik yengil avtomobil import qildi

O‘tgan yilga nisbatan import qiymati 3,5 baravar, avtomobillar soni 2,8 baravarga kamaydi

O‘zbekiston fevral oyida qariyb $45 mlnlik yengil avtomobil import qildi

Bojxona qo‘mitasi joriy yilning fevral oyida O‘zbekistonga xorijdan qiymati $44,87 mlnlik 2 570 dona yengil avtomobil olib kelinganini ma’lum qildi. 

Ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan qiymat jihatidan 3,53 barobar, miqdor jihatidan esa 2,82 barobarga kamaygan.

O‘tgan oyda mamlakatga jami 1 586 ta benzinli yengil avtomobil import qilingan bo‘lib, bu miqdor jihatidan 2,78 baravarga qiqsarishni ko‘rsatdi. Pul ifodasida esa uning hajmi $97,1 mlndan $34,2 mlngacha tushdi.

Elektromobillarning olib kirilishi qariyb yarmiga — 1 905 donadan 940 donagacha kamaydi. Qiymat jihatidan bu ikki baravardan ortiqqa yoki $41,2 mlndan $9,5 mlngacha tushdi.

Eng yuqori pasayish gibrid avtomobillar importida kuzatilgan — 21 barobar (924 donadan 44 donagacha). Benzin va elektrda harakatlanuvchi avtomobillar qiymati $1,15 mlnga teng bo‘ldi.

2024-yilda O‘zbekistonga tarixda birinchi marta elektromobillar va gibrid avtomobillar importi benzinli avtomobillardan oshib ketdi.  Benzinli avtomobillarning importdagi ulushi 64,4% dan 44,2% ga kamaydi. Shu bilan birga, yetkazib berilgan elektromobillar ulushi 20% dan 32,3% ga, gibrid avtomobillarniki esa 15,3% dan 23,4% ga oshdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2024-yilda AQSH hukumati o‘zbekistonliklarning 64% dan ortiq viza arizalarini rad etdi
/
2024-yilda AQSH hukumati o‘zbekistonliklarning 64% dan ortiq viza arizalarini rad etdi
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 370 trln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 370 trln so‘mdan oshdi
Tadbirkorlarga tog‘ turizmini rivojlantirish uchun subsidiyalar beriladi
/
Tadbirkorlarga tog‘ turizmini rivojlantirish uchun subsidiyalar beriladi