O‘zbekistonda fevral oyida kredit stavkalari pasaydi

So‘mdagi kreditlar arzonlashdi, valyutadagi qarzlar esa 10,4%gacha qimmatlashdi

O‘zbekistonda fevral oyida kredit stavkalari pasaydi

O‘zbekistonda 2026-yil fevral oyida milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari pasaygani qayd etildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Hisobotga ko‘ra, so‘mdagi kreditlarning o‘rtacha nominal stavkasi 20,7%ni tashkil etib, bir oyda 1,1%ga kamaygan. Uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizlar 20,4%gacha tushgan bo‘lsa, qisqa muddatli kreditlar 21,6% darajasida saqlanib qolgan.

Aholi uchun kreditlar o‘rtacha 21% stavkada taklif etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich oy davomida 0,2%ga pasaygan. Uzoq muddatli kreditlar 20,8%gacha arzonlashgan, qisqa muddatli kreditlar esa 27,2% darajasida qolgan.

Korporativ segmentda stavkalar yanada sezilarli pasayib, o‘rtacha 20,5%ni tashkil etdi. Kompaniyalar uchun uzoq muddatli kreditlar 20%gacha tushgan, qisqa muddatli qarzlar esa 21,3% atrofida shakllangan.

Bozor (tijorat) kreditlari ham arzonlashib, 22,5%gacha pasaydi va so‘nggi oylar uchun minimal darajaga tushdi. Shu bilan birga, ayrim qisqa muddatli kreditlarda o‘sish kuzatilib, aholiga beriladigan kreditlar 28,5%gacha qimmatlashgan.

Imtiyozli kreditlash segmentida o‘rtacha stavka 11,1%ni tashkil etib, biroz pasaydi. Tadbirkorlar uchun bu ko‘rsatkich 10,8%gacha tushgan bo‘lsa, jismoniy shaxslar uchun 12%gacha oshgan.

Ayni paytda, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha stavkalar oshib, 10,4%ga yetgan. Qisqa muddatli valyuta kreditlari 9,3%gacha arzonlashgan bo‘lsa-da, uzoq muddatli qarzlar 10,9%gacha qimmatlashgan.

Umuman olganda, fevral oyida ichki kredit bozorida pasayish tendensiyasi kuzatilgan bo‘lsa, valyutadagi qarzlar narxining oshishi qayd etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklar 2025-yilda banklardan 660 kgdan ortiq oltin quymalarini sotib oldi
/
O‘zbekistonliklar 2025-yilda banklardan 660 kgdan ortiq oltin quymalarini sotib oldi
“Mening bog‘im” dasturi doirasidagi loyihalarga 400 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi
/
“Mening bog‘im” dasturi doirasidagi loyihalarga 400 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi