Fevral oyida ko‘chmas mulk bitimlar soni 4% ga oshdi — ITIM

Barcha bitimlarning qariyb uchdan bir qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Fevral oyida ko‘chmas mulk bitimlar soni 4% ga oshdi — ITIM

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi fevral oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori dinamikasiga oid yangilangan tahlilni e’lon qildi.

Markaz baholashlariga ko‘ra, fevral oyida respublika bo‘yicha uy-joy oldi-sotdi bitimlari qariyb 4% ga oshib, 29,7 mingtani tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bitimlar soni 7,2 mingtaga ko‘paygan bo‘lib, o‘sish sur’ati 32,4% ni tashkil qilgan.

Hududlar kesimida

Yillik hisobda eng yuqori o‘sish Navoiy viloyatida qayd etilib, ko‘rsatkich 53% ga oshgan. Sirdaryo viloyatida o‘sish 39% ni, Toshkent shahrida esa 49% ni tashkil etdi.

O‘tgan oyga nisbatan eng yuqori o‘sish Toshkent viloyatida kuzatilib, bitimlar soni 25% ga ko‘paygan. Navoiy viloyatida o‘sish 22,6%, Sirdaryoda esa 13,4% ni tashkil etgan.

Fevral oyida barcha bitimlarning qariyb uchdan bir qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda bitimlar hajmi oy davomida 1,4% ga oshib, 8,9 mingta atrofida bo‘lgan.

Ikkilamchi bozorda narxlar

Respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy bozori narxlarining o‘sish sur’ati biroz sekinlashgan. Toshkentda fevral oyida narxlar mo‘tadil o‘sib, qariyb 1% ni tashkil etgan.

Yillik hisobda esa respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy narxlari o‘rtacha 9% ga oshgan. Eng yuqori o‘sish Surxondaryo viloyatida qayd etilib, 22% ni tashkil qilgan. Sirdaryoda o‘sish 19,3%, Jizzax viloyatida 16,3%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 15,9% bo‘lgan.

Toshkentda narxlar dinamikasi

Toshkent shahrida ikkilamchi bozorda bir kvadrat metrning o‘rtacha narxi o‘tgan yilning fevraliga nisbatan 3,2% ga oshgan. Eng sezilarli o‘sish Mirobod tumanida kuzatilib, 7% ni tashkil etgan. Shuningdek, Yakkasaroyda narxlar 5,6%, Shayxontohurda 5,4%, Chilonzorda 5,3% ga oshgan.

Yangi uy-joylar bozorida esa bir kvadrat metrning o‘rtacha narxi yillik hisobda 11,5% ga o‘sgan. Mirobod tumanida o‘sish 18%, Mirzo Ulug‘bek tumanida 15,4%, Yunusobodda 15,2% ni tashkil etgan.

Ijara narxlari

Fevral oyida Toshkentda ijara narxi o‘zgarmay, bir kvadrat metr uchun o‘rtacha $8,7 darajasida qolgan. Biroq yillik hisobda ijara narxlari 8% ga oshgan.

Markaziy tumanlarda ijara narxlari yuqoriligicha qolmoqda. Mirobod, Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha $11 atrofida bo‘lgan.

Yillik o‘sish sur’ati Yashnobod tumanida 16%, Sergelida 13%, Yunusobodda 12%, Olmazorda 11% va Shayxontohurda 10% ni tashkil etgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda oltin qazib olish hajmi 9 yilda 31 tonnaga oshdi — Prezident
/
O‘zbekistonda oltin qazib olish hajmi 9 yilda 31 tonnaga oshdi — Prezident
Toshkent–Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi
/
Toshkent–Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi
Payme aktivlarining bir qismini TBC Tech’ga o‘tkazadi
/
Payme aktivlarining bir qismini TBC Tech’ga o‘tkazadi