Fevralda so‘mning mustahkamlanishi ortidan inflyatsiya 7,3% darajasida shakllandi

Qashqadaryo va Navoiyda narxlar yuqori bo‘ldi

Fevralda so‘mning mustahkamlanishi ortidan inflyatsiya 7,3% darajasida shakllandi

Milliy Statistika qo’mitasi xabar berishicha, 2026-yil fevral oyida O‘zbekistonda oylik inflyatsiya sur’ati 0,7%dan 0,6%gacha pasaydi. 2025-yil fevral oyida ushbu ko‘rsatkich 0,5%ni tashkil etgan edi.

Yillik hisobda inflyatsiya 7,3% darajasida shakllandi. Taqqoslash uchun, 2025-yil fevralida yillik inflyatsiya 10,1% bo‘lgan.

Fevral oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,9%ga oshdi (yanvarda — 0,8%), nooziq-ovqat mahsulotlari 0,2%ga (yanvarda — 0,5%), xizmatlar esa 0,6%ga qimmatlashdi (yanvarda — 0,8%).

Shuningdek, hisobot davrida milliy valyuta AQSh dollariga nisbatan 0,5%ga mustahkamlandi va oy yakunida 1 dollar 12 136 so‘mni tashkil etdi. Yanvar oyida so‘m dollarga nisbatan 1,45%ga, dekabrda esa 1,0%ga qadrsizlangan edi.

Aholi uchun taklif etilayotgan Markaziy bank oltin quymalari narxlari fevral oyida 3,6%ga pasaydi (yanvarda 24,6%ga oshgan edi). Xalqaro oltin narxlari (London Fixing) esa 2,2%ga o‘sib, bir unsiya uchun $5 174,1 darajasiga yetdi.

Hudud bo‘yicha

Fevral oyida 2026-yil yanvariga nisbatan narxlar o‘sishi hududlar bo‘yicha 0,5–0,9% oralig‘ida qayd etildi. Eng yuqori oylik o‘sish Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida — 0,9%, eng past ko‘rsatkich esa Buxoro, Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida — 0,5% bo‘ldi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘sish 0,6%ni tashkil etdi.

2025-yil dekabriga nisbatan fevral oyida narxlar 1,2–1,6%ga oshdi. Eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida — 1,6%, Samarqand viloyatida — 1,4%, qolgan hududlarda esa 1,2–1,3% darajasida shakllandi.

Yillik hisobda, ya’ni 2025-yil fevraliga nisbatan, inflyatsiya 6,7–7,8% oralig‘ida bo‘ldi. Eng yuqori yillik o‘sish Farg‘ona viloyatida — 7,8%, Buxoro va Surxondaryoda — 7,5%, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda — 7,6%ni tashkil etdi. Eng past ko‘rsatkich Jizzax viloyatida — 6,7% hamda Toshkent viloyatida — 6,9% bo‘ldi. Toshkent shahrida yillik inflyatsiya 7,1%ni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida Tax Free tizimi joriy etiladi
/
O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida Tax Free tizimi joriy etiladi
Sherzodxon Qudratxo‘ja Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimini tark etdi
/
Sherzodxon Qudratxo‘ja Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimini tark etdi
“O‘zbekneftgaz”da investitsiyalar samaradorligini nazorat qiluvchi qo‘mita tuzildi
/
“O‘zbekneftgaz”da investitsiyalar samaradorligini nazorat qiluvchi qo‘mita tuzildi