Xitoy kompaniyasi Farg’onada $1,5 mlrdlik avtomobil kompleksini qurishni rejalashtirmoqda

Loyiha 5 yil ichida yakunlanishi rejalashtirilgan

Xitoy kompaniyasi Farg’onada $1,5 mlrdlik avtomobil kompleksini qurishni rejalashtirmoqda

Xitoyning «China Xiamen Group» kompaniyasi Farg’ona viloyatida avtomobil ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mahalliy hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hokimlik rahbari Xayrullo Bazarov va «China Xiamen Group» vakili Xuan Xe o’rtasida umumiy qiymati $1,5 mlrd bo’lgan bitim imzolandi.

Loyihaning birinchi bosqichi $50 mlnga baholanmoqda.har yili 60 mingta elektr va gibrid avtomobillar, shuningdek maxsus transport vositalari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yig’ish, bo’yash va sozlash liniyalari ham yaratiladi.

Ikkinchi bosqichda komponentlarni lokalizatsiya qilish va yiliga 110 mingta avtomobil ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun $350 mln, uchinchi bosqichda esa $1,1 mlrd investitsiya rejalashtirilgan. Loyiha 5 yil ichida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM