Farg‘ona viloyatida $50 mlnlik O‘zbekiston–Rossiya qo‘shma korxonasi qurilishi boshlandi
15 gektarlik majmua yiliga 20 ming tonna mahsulotni qayta ishlashga imkon beradi va yillik eksport oqimini $100 mlnga yetkazishi kutilmoqda
Фото: пресс-служба регионального Хокимията
Farg‘ona viloyati Quva tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlashga ixtisoslashgan, qiymati $50 mln bo‘lgan O‘zbekiston–Rossiya qo‘shma korxonasi qurilishi boshlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qurilish ishlariga start berish marosimi videokonferensiya shaklida o‘tkazildi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi Hayrullo Bozorov va Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko ishtirok etdi. Qurilish maydonida investorlar va jamoatchilik vakillari ham bo‘lgan.
Viloyat hokimi yangi obyekt nafaqat tumanning, balki butun Farg‘ona vodiysining muhim logistika markaziga aylanishini ta’kidladi. Markaz ishga tushishi fermerlar yetishtirgan meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya bozorlariga hamda boshqa davlatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkonini yaratishi kutilmoqda.
Loyihani Energy-land kompaniyasi amalga oshirmoqda. Komplex 15 gektar maydonni egallaydi. Rejaga ko‘ra, yiliga 20 ming tonna mahsulotni qayta ishlash quvvatiga ega tseh, 30 ming tonnagacha yuk sig‘dira oladigan sovutkich omborlari, mehmonxona va zarur infratuzilma barpo etiladi. Korxona 500 nafar ish o‘rnini yaratadi, yillik eksport salohiyati esa $100 million deb baholanmoqda.
Vitaliy Xotsenko Rossiyada o‘zbek mevalari, sabzavotlari va to‘qimachilik mahsulotlariga talab yuqori ekanini aytib, mazkur hab bu ehtiyojni tezroq qondirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. Marosim yakunida qurilishga rasmiy start berildi va poydevorga ramziy tarzda birinchi tosh qo‘yildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ